Jamiyatda qoʻshaloq bayram tadbiri oʻtkazildi
Nashr qilingan sana: 19.05.2023 01:17:1721 may ‒ Oʻzbekiston konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni hamda "Oʻzbekkoʻmir" AJ tashkil topganligining 75 yilligi munosabati bilan "Oʻzbekkoʻmir" aksiyadorlik jamiyatida tantanali tadbir va bayram konserti boʻlib oʻtdi.
"Qurilish-montaj ishlari! Filialim" faollar zalida tashkil etilgan tadbirda jamiyat ijro apparati va filiallar vakillari hamda mehmonlar ishtirok etdi.
"Oʻzbekkoʻmir" AJ respublikamizda koʻmir qazib oluvchi va yetkazib beruvchi yirik va yetakchi korxona boʻlib, oʻtgan 75 yil davomida zalvorli taraqqiyot va rivojlanish yoʻlini bosib oʻtdi. 1948 yilda qurib foydalanishga topshirilgan "Angren" ochiq konidan dastlabki yili 1,5 mln tonna koʻmir qazib olingan boʻlsa, hozirgi kunga kelib bu raqam bir necha baravarga oshdi. Oʻtgan 2022 yilda 5 ,1 mln tonnalik ulkan marra zabt etildi. Joriy yilda ushbu koʻrsatkichni 5,8 mln tonnaga yetkazish vazifasi qoʻyildi. Shu maqsadda yangi kon texnikalari xarid qilish uchun davlat tomonidan 80 mln. dollarlik imtiyozli kredit ajratilmoqda.
Jamiyat bosh direktori V.V.Kuznetsov tadbirda Angren konchilari va mehnat faxriylarini kasb bayrami bilan tabriklar ekan, ana shular haqida alohida toʻxtalib oʻtdi va koʻmir sanoati xodimlariga yangi marralarni zabt etishda muvaffaqiyatlar tiladi.
Tadbirda jamiyat birlashgan kasaba uyushma qoʻmitasi A.Qayumov, Angren shahar hokimi A.Rayimov va boshqalar soʻz olib, koʻmir sanoati xodimlarining samarali mehnatini alohida eʼtirof etdilar va yigʻilganlarni bayram bilan qutladilar.
Kasb bayrami hamda "Oʻzbekkoʻmir" AJning 75 yilligi munosabati bilan jamiyat bosh direktorining buyrugʻiga koʻra, jamiyat ijro apparati va filiallarda samarali mehnat qilayotgan konchilarning katta guruhi "Konchilik shuhrati" koʻkrak nishoni, faxriy yorliq, tashakkurnoma va pul mukofotlari bilan taqdirlangan edi. Yigʻilishda ana shu mukofotlar oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi. Shuningdek, Energetika vazirligi, Angren shahar hokimligi, Oʻzbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushma qoʻmitasi hamda Toshkent viloyat kasaba uyushmalari birlashmasi tomonidan ham faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari berildi.
Tadbir respublika sanʼat ustalarining bayram konserti bilan yakunlandi.
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
Beshariqda ro‘yxatga olish bo‘yicha navbatdagi seminar tashkil etildi
Ma’lumki, jori yilning 15-yanvar-28-fevral kunlari mamlakatimizda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatdan o‘tkazish tadbiri o‘tkaziladi. Bu tadbir aholi va qishloq...
O'qish
Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi A.M. Qayumovning bayram tabrigi
Sizlarni kirib kelayotgan 2026-yil — “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” munosabati bilan chin qalbimdan tabriklayman. Jamiyatimizda yakunlanayot...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktori N.U. Dusmatovning bayram tabrigi
Hurmatli ko‘mir sanoati xodimlari va faxriylari, aziz hamkasblar! Yakunlanayotgan yil mamlakatimiz ko‘mir sanoati uchun barqaror o‘sish va muhim natijalar bilan y...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ: korrupsiyaga qarshi islohotlar yangi bosqichda
Korrupsiya jamiyat va iqtisodiyot rivojiga jiddiy to‘siq bo‘luvchi, davlat boshqaruvi samaradorligiga putur yetkazuvchi xavfli illat sifatida mamlakatimizda davlat si...
O'qish