“O‘zbekko‘mir” AJ Bosh direktori N.U. Dusmatovninhg bayram tabrigi
Nashr qilingan sana: 16.05.2025 18:09:45
Hurmatli konchilar va ko‘mir sanoati faxriylari!
Qadrli hamkasblar!
Barchangizni kasb bayramingiz bilan samimiy tabriklayman. Mana, 2001 yildan buyon mamlakatimizda may oyining uchinchi yakshanbasi 18-“O‘zbekiston Respublikasi konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni” sifatida keng nishonlanib keladi. Bu konchilik va metallurgiya sohasining respublika iqtisodiyotidagi nechog‘lik muhim ahamiyatga ega ekanligi hamda soha xodimlariga bo‘lgan yuksak hurmat va e’tiborni anglatadi.
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati – respublikamizda ko‘mir qazib oluvchi va yetkazib beruvchi yirik hamda yetakchi korxona. Bugungi kunda korxonada 6 ming nafardan ortiq xodim faoliyat yuritmoqda. Ko‘mir qazib olish yildan-yilga ko‘paymoqda, bu yil salkam 7 million tonna yoqilg‘i qazib olish rejalashtirilgan.
Konchilik ‒ mashaqqatli va sharafli kasb bo‘lib, chidam va jasorat, qunt va mahorat talab qiladi. Muvaffaqiyatlarda Siz ‒ ustoz konchilarning bilim va tajribasi, yoshlarimizning g‘ayrat va shijoati muhim bo‘lmoqda. Siz, konchilar, bu borada barcha kuch va iqtidoringizni, mahoratingizni namoyon etib kelmoqdasiz. Shu asnoda O‘zbekiston ko‘mir sanoatini rivojlantirishdagi samarali mehnatingiz har qancha tahsinga sazovordir.
Kasb bayramingiz munosabati bilan barchangizga sihat-salomatlik, oilangizga tinchlik-xotirjamlik, ishlaringizda omad tilayman.
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Eng yaxshi tilaklar bilan,
N.U. Dusmatov,
“O‘zbekko‘mir” AJ Bosh direktori
Oxirgi yangiliklar:
“O‘zbekko‘‘mir” 2025-yil natijalari: Innovatsiya, shaffoflik va samaradorlik
2025-yil “O‘zbekko‘mir” aksionerlik jamiyati uchun o‘ta samarali va innovatsiyalarga boy yil bo‘ldi. Jamiyatda konchilik sohasidagi ishlab chiqarish, ko‘mir yetkazib...
O'qish
Hamkorlik – ilmiy yechimlar sari muhim qadam
2026-yil 26-fevral kuni “O‘zbekko‘mir” AJ katta faollar zalida jamiyat mutaxassislari hamda NITU MISiS professor-o‘qituvchilari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur t...
O'qish
Stol tennisi va badminton bo‘yicha sport musobaqalari yakunlandi
Jamiyatimiz filiallari o‘rtasida o‘tkazilgan stol tennisi hamda badminton musobaqalari qizg‘in va murosasiz bahslarga boy tarzda o‘tdi. Musobaqa yakunlariga ko‘ra g‘olib...
O'qish
Yangi farmon doirasidagi metrologiya islohotlari
O‘zbekistonda texnik tartib-qoidalar sohasida tizimli islohotlarning yangi bosqichi boshlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiningg “Texnik jihatdan tartibga solish s...
O'qish