O‘zbekko‘mir AJ: Sun’iy Intellekt va Texnologiyalar — Raqamli Kelajak Sari
Nashr qilingan sana: 05.02.2026 22:03:47Oʻzbekko‘miAJ ijro apparati majlislar zalida Rossiyaning Timsoh kompaniyasi vakillari bilan sun’iy intellekt texnologiyalari boʻyicha umumiy tushuntirish berildi. Suvniy intellekt texnologiyalarining konchilik va sanoat sohasidagi amaliy foydalari koʻrsatildi
Yig‘ilishda Jamiyat bosh direktorining birinchi oʻrinbosari Ismoilov O.Y. hamda filial rahbarlari va mutaxassislar qatnashib, oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldi
.jpg)
Shuningdek, taqdimotda LLM texnologiyalari haqida ma’lumot berildi. Ushbu texnologiyalar yordamida korxonaning ichki hujjatlari asosida javob beruvchi intellektual yordamchi tizimlarni yaratish mumkinligi tushuntirildi. Bu tizimlar hujjatlar bilan ishlash, texnik qo‘llab-quvvatlash va kadrlar bilan bog‘liq jarayonlarni avtomatlashtirishda samaradorlikni oshiradi, sun’iy intellekt agentlari orqali xaridlarni rejalashtirish, mahsulotlarni topish, narxlarni solishtirish va qaror qabul qilish jarayonlarini qulaylashtiradi. Shu bilan birga, sun’iy intellekt loyihalarining to‘g‘ri ishlashi sifatli va aniqlangan ma’lumotlarga bog‘liqligi ta’kidlandi.
Bundan tashqari, dronlar yordamida ko‘mir zaxiralari hajmini aniqlash, karer holatini kuzatish, qiya joylar va yo‘llarning xavfsizligini nazorat qilish mumkinligi aytildi. Ushbu usul statik kameralarni o‘rnatishga nisbatan iqtisodiy jihatdan samaraliroq, shuningdek, lazer texnologiyalari tufayli tun vaqtida ham ishlash imkonini beradi.
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
Davlatimiz rahbari koʻmir va uran sanoatida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2-fevral kuni koʻmir va uran sanoatida amalga oshirilayotgan ishlar hamda yaqin istiqbolga moʻljallangan rejalar yuzasidan taqdimot bilan tan...
O'qish
Ishchi xodimlari uchun Toshkent shahriga sayohat tashkil etildi
“Oʻzbekkoʻmir” AJ maʼmuriyati hamda Birlashgan kasaba uyushmasi tomonidan xodimlarning dam olishi va madaniy hordiq chiqarishini taʼminlash maqsadida “Oʻzbekiston boʻylab...
O'qish
EDO ijro tizimi bo‘yicha amaliy o‘quv seminari tashkil etildi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati ijro apparati majlislar zalida EDO ijro tizimi bo‘yicha amaliy o‘quv seminari tashkil etildi Mazkur seminar Unicon Soft kompan...
O'qish