"Oʻzbekkoʻmir" AJ tasarrufidagi “ShUKQO” filialida maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi
Nashr qilingan sana: 23.02.2026 20:28:422026-yil 19-fevral kuni Oʻzbekkoʻmir AJ tasarrufidagi “ShUKQO” filialida kimyoviy xavfli obyektlarda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik darajasini oshirish maqsadida maxsus-taktik oʻquv mashqi tashkil etildi va oʻtkazildi.
Mazkur oʻquv mashqi “Kimyoviy xavfli obyektlarda favqulodda vaziyat sodir bo‘lganda avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni olib borish” mavzusiga bagʻishlanib, quyidagi asosiy vazifalarni qamrab oldi:
.jpg)
obyekt rahbariyati hamda Fuqaro muhofazasi tuzilmalarini favqulodda vaziyatlarda toʻgʻri va tezkor harakat qilishga oʻrgatish, ular oʻrtasida ogohlik va hushyorlik darajasini oshirishga qaratilgan amaliy tadbirlarni keng koʻlamda amalga oshirish;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish boʻyicha tinchlik davri uchun ishlab chiqilgan rejaning amaliyotdagi haqiqiyligi va ishonchliligini sinovdan oʻtkazish;
maxsus-taktik oʻquv mashqiga jalb etiladigan maxsus va muhandislik texnikalari, avtotransport vositalari hamda boshqa moddiy-texnik vositalarning shayligi va texnik holatini tekshirish;
obyekt fuqaro muhofazasi tuzilmalari hamda shahar fuqaro muhofazasi xizmatlarining favqulodda vaziyatlarda avariyani birgalikda bartaraf etish, jabrlanganlarga tezkor tibbiy yordam koʻrsatish va avariya oqibatlarini kamaytirish borasidagi oʻzaro hamkorligini muvofiqlashtirish.
Oʻquv mashqida jami 49 nafar ishchi-xodim ishtirok etdi. Shuningdek, 4 dona maxsus texnika hamda 37 turdagi moddiy-texnik taʼminot vositalari jalb qilinib, ularning amaliy sharoitdagi ishlash qobiliyati sinovdan oʻtkazildi.
Oʻtkazilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi yakunlariga koʻra, Oʻzbekkoʻmir AJ tasarrufidagi “ShUKQO” filialining favqulodda vaziyatlarni oldini olish va ularni bartaraf etish borasidagi tayyorgarlik darajasi “CHEKLANGAN TAYYOR” deb baholandi.
.jpg)
Mazkur baho mavjud imkoniyatlarni yanada takomillashtirish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash hamda shaxsiy tarkibning amaliy koʻnikmalarini oshirish zarurligini koʻrsatadi
Oxirgi yangiliklar:
Shvetsiyaning Hexagon kompaniyasining vakillari bilan uchrashuv o'tkkazildi
Joriy yilning 7-aprel Shvetsiyaning Hexagon kompaniyasining Qozog‘istondagi vakili Alim Smakov jamiyatda uchrashuv o‘tkazdi. “O‘zbekko‘mir” AJ MDP binosida o‘tkazilgan...
O'qish
“Shuhrat” medali – fidoyi mehnat e’tirofi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi geologiya sohasi xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini muko...
O'qish
Ko‘mir sanoati xodimlari mehnatining yuksak e’tirofi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi geologiya sohasi xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhi Vatanimizning...
O'qish
Har bir murojaat nazoratda bo‘ladi
Mamlakatimizda aholi bilan ochiq va samarali muloqotni ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining...
O'qish