“O‘zbekko‘mir” AJ xodimlari uchun seminar-trening o‘tkazildi
Nashr qilingan sana: 23.09.2026 19:08:10“O‘zbekko‘mir” AJ filiallari uchun intellektual va rahbarlik salohiyatiga ega kadrlarni tayyorlash bo‘yicha navbatdagi seminar-trening tashkil etildi.
Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi PQ-307-son qarorida belgilangan vazifalar hamda “O‘zbekko‘mir” AJda intellektual va rahbarlik salohiyatiga ega kadrlarni tayyorlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi doirasida o‘tkazildi.
Seminar-treningni iqtisod fanlari nomzodi, Toshkent amaliy fanlar universiteti dotsenti Ibrohim Jo‘raboyev olib bordi. Tadbir davomida ishtirokchilarga “Rahbarning yetakchilik ko‘nikmalarini va shaxsiy samaradorligini rivojlantirish” mavzusida amaliy va nazariy bilimlar berildi.
Mashg‘ulotlarda rahbarlik faoliyatida zarur bo‘lgan boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirish, samarali faoliyat yuritish ko‘nikmalarini shakllantirish, yetakchilik qobiliyatlarini takomillashtirish hamda shaxsiy samaradorlikni oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Seminar-trening interaktiv mashg‘ulotlar asosida tashkil etilib, ishtirokchilarning amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratildi.
Olimning ilmiy-pedagogik faoliyati doirasida biznes va marketing, zamonaviy boshqaruv hamda raqamli texnologiyalardan foydalanish masalalariga oid ishlari ham mavjud.
Oxirgi yangiliklar:
Xalqaro tadbirlar ‒ tajriba, muloqot va yangi imkoniyatlar maydoni
Bugungi kunda xalqaro tadbirlar har bir soha mutaxassisi uchun muhim tajriba va muloqot maydoniga aylanib bormoqda. Ayniqsa, energetika va energiya samaradorligi kabi str...
O'qish
Pensiya ta’minoti tizimidagi yangiliklar muhokama qilindi
“O‘zbekko‘mir” AJda pensiya ta’minoti tizimini isloh qilishga qaratilgan Prezident farmoni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi....
O'qish
Ko‘mir bor joyda tabiatga ham e’tibor bor
Bilamizki, bir tonna ko‘mir faqat energiya manbaigina emas. U tabiat oldidagi mas’uliyatni ham anglatadi. Uni qazib olish, saralash, tashish va saqlashning har bir b...
O'qish