“Qora oltin” tafti qalblarga yorugʻlik va iliqlik olib kiradi
Nashr qilingan sana: 03.01.2025 05:30:29Voqealarga boy 2024-yil biz, Angren konchilari uchun samarali va omadli boʻldi. “Oʻzbekkoʻmir” aksiyadorlik jamiyati tomonidan tarixda ilk marta 6,7 million tonnadan ortiq koʻmir qazib chiqarildi. Yangi boshlangan yilda biz yil kuch-gʻayrat, sabr va mahoratimizni birlashtirib, yanada bundan ham koʻproq yoqilgʻi qazib olish niyatidamiz.
Oʻzbekiston hududida bu foydali qazilmalar shunchalik koʻpki, uni muntazam ravishda qazib olish odamlarning energiya resurslariga boʻlgan ehtiyojini qoplashdan ham koʻproq boʻlishi mumkin. Tabiiy zaxiralari yetarli boʻlgan "qora oltin" mamlakat yoqilgʻi-energetika balansida munosib oʻrin egallaydi. Koʻmirga talab yil esa sayin ortib bormoqda, chunki bu yoqilgʻi arzon va mavjud boʻlib, konchilarimiz oldiga koʻmir qazib olish surʼatini bosqichma-bosqich oshirish vazifasi qoʻyilmoqda. Oʻylaymanki, biz belgilangan vazifalarni albatta uddasidan chiqamiz.
Oʻtgan 2024-yilda “Oʻzbekkoʻmir” aksiyadorlik jamiyatiga 6,2 million tonna koʻmir qazib chiqarish rejasi topshirilgan edi. Ushbu rejani ortigʻi bilan bajarishda “Angren” koʻmir konining hissasi ulkan boʻldi. Bularning barchasiga ekskavator mashinistlari, uchastka boshliqlari, togʻ-kon ustalari, kon samosvallari haydovchilari va boshqa kasb vakillaridan ibora katta va ahil jamoamizning oʻz vazifasini sidqidildan bajarishi, kasbiga masʼuliyatli munosabati tufayli erishildi.
“Angren koʻmir koni” filiali “Oʻzbekkoʻmir” aksiyadorlik jamiyatining asosiy koʻmir qazib oluvchi korxonasi boʻlib, 2024-yilda eng soʻnggi togʻ-kon texnikasi: "Komatsu" kon samosvallari, buldozerlar, yuk koʻtaruvchilar, avtogreyderlar qabul qilib oldi va ishlab chiqarishga qoʻydi. Shu tariqa, filialning avtomobil va traktor-buldozer parki yangilandi.
Biz sohada taraqqiyot sari dadil qadam tashlamoqdamiz. Bu qadamlar isteʼmolchilarni qattiq yoqilgʻi va boshqa foydali qazilmalar bilan ishonchli va uzluksiz taʼminlash muammosini hal etishga qaratilgan. Ishonchim komilki, koʻmir uzoq vaqt davomida insoniyatning energiya inqirozini bartaraf etishda ishonchli yordamchisi boʻlib qoladi.
Yangi yilni yangi umidlar bilan boshlash odat tusiga kirgan. Maqsadimiz ‒ ona tabiatimiz inʼom etgan "qora oltin"ni omilkorlik bilan qazib olish va yetkazib berishni yanada koʻpaytirish. Biz oʻz mehnatimiz bilan odamlarning hayotini yaxshiroq, qulayroq, iliqroq qilishimizni yaxshi anglaymiz va dadil qadamlar bilan yanada olgʻa boramiz.
Koʻmir sanoati biz soha xodimlari hayotining mazmunidir. Biz har kuni qazib oladigan ushbu neʼmatdan taralayotgan yorugʻlik va iliqlik qalblarni yoritsin va ilitaversin!
Aleksandr KORCHAGIN,
“Oʻzbekkoʻmir” AJ “Angren koʻmir koni” filiali direktori
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

Yurtimiz hamisha tinch, xalqimiz yanada farovon bo‘lsin!
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari hamda ko‘mir sanoati mehnat faxriylariga “O‘zbekko‘mir” AJ Bosh direktori Dusmatov Nodirbek Uktamjanovichning bayram tabrigi Hurma...
O'qish
“Motamsaro ona” yodgorligi poyiga gulchambar qo‘yildi
9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Angren shahridagi Istiqlol maydonidagi “Motamsaro ona” yodgorligi poyiga gulchambar qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. Maz...
O'qish
Xotira va qadr kechasi o‘tkazildi
Joriy yilning 7-may kuni "O‘zbekko‘mir" AJda 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ma’naviyat soati o‘tkazildi Angren shahridagi “Zamin-2”...
O'qish
Кorrupsiya qarshi seminar-trening o‘tkazildi
Korrupsiya jamiyatda adolatsizlik, tengsizlik va aholining noroziligiga olib kelib, barcha sohadagi islohotlarning natijasiga salbiy ta’sir etadigan illatdir. Us...
O'qish