Sifatsiz ko‘mir almashtirib berildi
Nashr qilingan sana: 20.01.2025 03:14:39Ijtimoiy tarmoqlarda Bog‘ot tumani ko‘mir omborida aholiga tuproq aralash ko‘mir tarqatilayotgani aks ettirilgan videomurojaat tarqaldi.
Holat “Ko‘mir ta’minot” MChJ Xorazm viloyati filiali mas’ul shaxslari ishtirokida voqea joyiga chiqib, tezkor o‘rganildi.
Jarayonda holat haqiqatdan ham “Ko‘mir ta’minot” MChJ Xorazm viloyati filialiga qarashli Bog‘ot ko‘mir omborida sodir bo‘lganligi tasdiqlandi.
Aniqlanishicha, Bog‘ot ko‘mir ombori hududidagi temiryo‘l 11-21 yanvar kunlari joriy ta’mirga qo‘yilgan va jarayonda temiryo‘lning yon taraflari tuproq ko‘tarmalari bilan to‘ldirilgan. Ammo mazkur ishlar yakuniga yetkazilmay turib, omborga 6 ta vagonda mahalliy ko‘mir yetib kelgan va ularni tushirish jarayonida yoqilg‘ining tuproqqa aralashish holati kuzatilgan.
Bog‘ot ko‘mir omborida joriy ta’mir ishlari olib borilishi munosabati bilan ombor tasarrufidagi avtoyuklagich ham ta’mirlash uchun olib ketilgan. Ko‘mirni yuklash uchun esa tashqaridan jalb qilingan xususiy avtoklovchi boshqaruvchisida ham ko‘mir yuklash malakasi yetarli bo‘lmagan.
Bugungi kunda tuproq aralashgan ko‘mir tozalangan va mahsulot sifatidan norozi xaridorlarga sifatli yoqilg‘i yuklab berilgan.
Bog‘ot ko‘mir ombori mudiri E.Xudayberganov ko‘mir mahsulotini tushirish-ortish jarayonlarini yetarli nazoratga olmagani, bu borada o‘z lavozim yo‘riqnomasida ko‘rsatilgan majburiyatlarni bajarmagani uchun unga nisbatan Mehnat kodeksining tegishli moddalariga asosan intizomiy javobgarlik chorasi qo‘llanildi.
Ma’lumot uchun, “Ko‘mir ta’minot” MChJ Xorazm viloyati filiali tasarrufidagi Bog‘ot ko‘mir ombori 2024/2025 yillar kuz- qish mavsumi uchun rejadagi 15 ming tonna mahalliy ko‘mirni to‘liq tarqatgan. Joriy yilning o‘tgan davrida aholiga yana qo‘shimcha 1 ming 605 tonna mahalliy ko‘mir yetkazib berilgan.
“O‘zbekko‘mir” AJ Axborot xizmati
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
Rasmiy: mahalliy ko‘mirning sifat ko‘rsatkichlari yuzasidan tushuntirish berildi
Ijtimoiy tarmoqlarda aholi ehtiyojlari uchun yetkazib berilayotgan mahalliy ko‘mirning sifat ko‘rsatkichlari yuzasidan turli noto‘g‘ri talqinlar tarqalmoqda. Xususan, ko‘...
O'qish
Ko‘mir sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha haqiqat va manzilsiz tanqidlarga rasmiy munosabat
“XXI asr” gazetasining shu yil 20-noyabrdagi sonida chop etilgan “Gap ko‘p-u, ko‘mir ozmi?!” sarlavhali maqolada aholini ko‘mir bilan ta’minlash masalalari bayon etilgan...
O'qish
Ko‘mir qazib olishda innovasion yondashuvlar muhokama qilindi
“O‘zbekko‘mir” AJ va MTTU MISiS Olmaliq filiali o‘rtasidagi hamkorlik memorandumi doirasida jamiyat mutaxassislari, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirokida uchra...
O'qish
Aksilkorrupsiya oyligi doirasida tadbirlar amalga oshirilmoqda
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida mamlakatimizda o‘tkazilayotgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida tizimli ishlar va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar...
O'qish