Ta’minot: ko‘mir kondan xonadongacha − kim nimaga javobgar?
Nashr qilingan sana: 11.11.2026 15:29:03Ko‘mir ta’minoti faqat mahsulotni qazib olish va sotishdan iborat emas. Bu jarayondaishlab chiqaruvchi, birja, tadbirkor, tashuvchi va iste’molchi ishtirok etadi. Ularning har birizimmasida aniq vazifa va mas’uliyat mavjud. Shu bois yangi bozor mexanizmlariga o‘tishsharoitida nafaqat xarid qilish tartibini, balki har bir ishtirokchining huquq va majburiyatlariniham bilish muhim.
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyuldagi 418-son qarori bilan ko‘mir sanoatida bozormexanizmlarini joriy etish, sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish va aholini barqaror yoqilg‘ibilan ta’minlashning yangi tartibi belgilandi. Unga ko‘ra, 2026 yil 1 iyundan ko‘mir narxlarinidavlat tomonidan tartibga solish amaliyoti bekor qilinib, mahsulotni birja savdolari orqalirealizatsiya qilish mexanizmi joriy etildi.
Bu o‘zgarishning mohiyati — ko‘mir savdosida raqobatni kuchaytirish, iste’molchigatanlash imkoniyatini berish va ta’minot jarayonidagi mas’uliyatni aniq belgilashdan iborat.
Iste’molchi tanlaydi, tadbirkor yetkazib beradi
Yangi tartibga muvofiq, aholi ko‘mirni mycoal.uz interaktiv portali orqali xarid qilishimumkin. Iste’molchi o‘z hududida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning takliflari, mahsulotnarxi va sifati bilan tanishib, o‘ziga maqbul yetkazib beruvchini tanlaydi.
Bunda xaridor ko‘mirni yashash manziliga yetkazib berish yoki belgilangan tarqatishpunktidan olib ketish xizmatini tanlash huquqiga ega. Agar tadbirkor yetkazib berish muddatinio‘zgartirsa, bu haqda buyurtmachini platforma orqali xabardor qilishi shart. Iste’molchi yangimuddatga rozi bo‘lmagan taqdirda, buyurtmani bekor qilish huquqiga ega.\Demak, yangi tizimdaxaridor shunchaki mahsulot sotib oluvchi emas, balki o‘z huquqlaridan foydalanadigan mustaqilishtirokchiga aylanadi.
Narx va sifat uchun kim javob beradi?
Bozor tamoyillariga o‘tish tadbirkorga narxni asossiz oshirish yoki iste’molchi huquqlarinie’tiborsiz qoldirish huquqini bermaydi.
418-son qarorda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilishqo‘mitasi zimmasiga ko‘mir bozorida asossiz narx oshirilishining oldini olish, birjadan xaridqilingan mahsulotga ortiqcha ustamalar qo‘llanmasligini nazorat qilish vazifalari yuklatilgan.
Shuningdek, ko‘mirni aholiga sotuvchi tadbirkor xaridor bilan tuzilgan shartnoma shartlarigarioya qilishi, mahsulotning sifati, miqdori, narxi va yetkazib berish bo‘yicha o‘z majburiyatlarinibajarishi lozim.
Iste’molchi mahsulot sifati yoki miqdori, belgilangan narx va yetkazib berish shartlaridannorozi bo‘lsa, birinchi navbatda sotuvchi tadbirkorga murojaat qilishi mumkin. Masala haletilmagan taqdirda, Raqobat qo‘mitasiga shikoyat qilish huquqiga ega.
Ishlab chiqaruvchining mas’uliyat chegarasi
“O‘zbekko‘mir” AJning asosiy vazifasi — ko‘mir qazib olish, uni belgilangan talablarasosida tayyorlash, saralash va birja savdolari orqali xaridorlarga, jumladan, aholi ta’minoti bilanshug‘ullanuvchi tadbirkorlarga o‘z vaqtida yuklab berishdan iborat.
Mahsulotni keyingi bosqichlarda tashish, saqlash, sotish va iste’molchiga yetkazish jarayonlaridaesa tegishli ta’minot ishtirokchilari o‘z vakolati doirasida mas’ul hisoblanadi.
Ayni paytda aholi va byudjet tashkilotlarini ko‘mir bilan barqaror ta’minlash uchun hududiyhokimliklar ham mas’ul etib belgilangan. Bu esa ta’minot masalasi faqat ishlab chiqaruvchi yokisotuvchining emas, balki bir nechta tashkilotning hamkorlikdagi vazifasi ekanini anglatadi.
Ijtimoiy himoya bozor islohotlari bilan birga
Yangi tizimda aholining ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash ham nazarda tutilgan.
418-son qaror va unga 2026 yil 31 oktyabrdagi 601-son qaror bilan kiritilgano‘zgartirishlarga muvofiq, belgilangan mezonlarga mos oilalarga mycoal.uz orqali xarid qilinganhar bir tonna ko‘mir uchun 300 ming so‘m hisobida, bir kalendar yilda jami 600 ming so‘mdanoshmagan miqdorda kompensatsiya to‘lanadi. Bu imkoniyat Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarbilan bir qatorda, belgilangan daromad mezonlariga mos keluvchi ayrim oilalarga ham tatbiqetiladi.
Kompensatsiya davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan ajratiladi. Bu bozor mexanizmlarinijoriy etish aholining ijtimoiy himoyasini susaytirishni anglatmasligini ko‘rsatadi.
Huquqni bilish — muammoni hal etishning birinchi qadami
Ko‘mir ta’minotidagi yangi tartibning samarasi har bir ishtirokchining o‘z vazifasiniqanchalik mas’uliyat bilan bajarishiga bog‘liq. Ishlab chiqaruvchi mahsulotni o‘z vaqtida qazibchiqarishi va yuklab berishi, tadbirkor uni belgilangan shartlarda yetkazishi, vakolatlitashkilotlar esa jarayon ustidan nazoratni ta’minlashi zarur.
Iste’molchi ham o‘z huquqlarini bilishi, buyurtma berishda shartlar bilan tanishishi vamuammoga duch kelganda tegishli tashkilotga murojaat qilishi lozim.
Zero, huquqiy savodxonlik va o‘zaro mas’uliyat mavjud bo‘lgan joyda bozormunosabatlari samarali ishlaydi. Bizning umumiy maqsadimiz esa bitta — aholining ko‘mirgabo‘lgan ehtiyojini o‘z vaqtida, sifatli va shaffof tarzda ta’minlash.
Abdunodir Nosirov,
“O‘zbekko‘mir” AJ Axborot xizmati xodimi
Oxirgi yangiliklar:
INSON QADRI — E’TIBOR VA E’ZOZDA!
Hurmatli hamkasblar, qadrli konchilar va mehnat faxriylari! Sizlarni 11 noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni bilan “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati Birlas...
O'qish
ISHCHI INSON MANFAATI — ENG OLIY QADRIYATIMIZ
Qadrli kasaba uyushmalari faollari va aʼzolari, aziz konchilar, hurmatli hamkasblar! Sizlarni 11 noyabr — Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni bilan chin qalbimdan sami...
O'qish
Ko‘mir mahsulotlari bilan ta’minlash ishlari infografika
Ayni kunlarda aholini 2026/2027-yillar kuz-qish mavsumi uchun ko‘mir mahsulotlari bilan ta’minlash ishlari jadal davom etmoqda. “O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan mavsum davo...
O'qish