Tog‘-kon transport uskunalarini ta’mirlash zavodi bilan tanishuv
Nashr qilingan sana: 07.10.2025 16:50:55
Mahalliylashtirish markazi vakillari “O‘zbekko‘mir” AJ Tog‘-kon transport uskunalarini ta’mirlash zavodi filialida bo‘lishdi.
Mehmonlar korxonaning ishlab chiqarish jarayonlari, mavjud texnik imkoniyatlari va zavod quvvatlari bilan batafsil tanishdilar. Jarayonda ularga zavod tog‘-kon transport texnikalarining asosiy uzellari va ehtiyot qismlarini ta’mirlash, qayta tiklash hamda ayrim detallarni mahalliylashtirish jarayonlari amalda ko‘rsatib berildi. Shu bilan birga, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda ishlab chiqarish salohiyatini oshirish bo‘yicha atroflicha fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, yangi mahalliylashtirish loyihalarini amalga oshirish va ishlab chiqarish tarmoqlarini kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.
Ma’lumot uchun, “Tog‘-kon uskunalarini ta’mirlash zavodi” filiali ochiq kon ekskavatorlari, yuk tortish agregatlari va elektr uskunalarining to‘liq hamda joriy ta’mirlanishini bajaradi. Shuningdek, nostandart uskunalarni tayyorlash, ochiq kon ekskavatorlari uchun ehtiyot qismlar va tog‘-kon asbob-uskunalarini ishlab chiqarish, gazsimon kislorodni ishlab chiqarish, mahsulotlarni yetkazib berish ishlarini amalga oshirish bilan bir qatorda boshqa turdagi xizmatlarni ham ko‘rsatadi.

Oxirgi yangiliklar:
“O‘zbekko‘mir” xodimlari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xo...
O'qish
Konchilar spartakiadasi: kuch, mahorat va hamjihatlik
“O‘zbekko‘mir” AJda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bos...
O'qish
Korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik: yangi talablar
Joriy yilning 21-avgust kuni “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi. Markaziy dispetch...
O'qish
Ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar diqqatiga!
“O‘zbekko‘mir” AJning 2026-yil I yarim yillik faoliyati yakunlari va galdagi ustuvor vazifalari mavzusida matbuot anjumani o‘tkaziladi. Manzil: O‘zMTRK “Toshkent” tel...
O'qish