Xalqaro yoqilgʻi energetika sammiti oʻtkazildi
Nashr qilingan sana: 07.09.2023 06:24:09Bugun Toshkent shahridagi Hyatt Regency mehmonxonasida oʻtkazilgan Xalqaro yoqilgʻi energetika sammitida “Oʻzbekkoʻmir” AJ vakillari ishtirok etdi.
Respublikamizning yirik yoqilgʻi kampaniyalari mutaxassislari qatnashgan anjumanda neft va gaz tarmogʻida energetika xavfsizligini taʼminlash, Oʻzbekistonda yashil iqtisodga oʻtish, korxonalarda sanoat xavfsizligi yuzasidan maʼruzalar tinglandi.
Oʻzbekiston Respublikasi yoqilgʻi-energetika balansida koʻmirning ulushi ortib bormoqda. Koʻmir sanoatini yanada rivojlantirish, xususan, “Oʻzbekkoʻmir” aksiyadorlik jamiyatida ekologik xavfsiz ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish muhim ahamiyatga ega. Bu borada muhokamalarda xalqaro hamkorlik yuzasidan tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya, innovatsiya va xususiy davlat sherikchiligini rivojlantirish departamenti boshligʻi Jasurbek Karimov va investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish boʻlimi boshligʻi Qutlugʻ Teshabayev qatnashdilar.
Sammitda Markaziy Osiyo va Qozogʻiston va Rossiya Federatsiyasining yoqilgʻi-energetika sohasi ilgʻor va yuqori tajribaga ega boʻlgan kampaniyalardan tashrif buyurgan mutaxassislar bilan muloqot oʻtkazildi. Kelgusi ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etish, Respublikamizda ishlab chiqarilmaydigan uskuna va ehtiyot qismlar taʼminoti boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri ishlab chiqaruvchilar bilan shartnomalar asosida hamkorlik qilish yuzasidan kelishib olindi.
Sammit davomida J.Karimov “Oʻzbekkoʻmir” AJ faoliyatiga tegishli boʻlgan muammoli savollarga atroflicha javob berib, ishtirokchilarni mamnun etdi.
Yakunda faol ishtiroki uchun J.Karimovga Sammit tashkilotchilarining maxsus sertifikati topshirildi.
Qutlugʻ Teshaboyev,
Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish boʻlimi boshligʻi
Oxirgi yangiliklar:
Seminar: korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash choralari kuchaytirilmoqda
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati filiallarida korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish, qonunchilikdagi o‘zgartishlarni xodimlarga tushuntirish va...
O'qish
Murakkab hududlarda bozor mexanizmi: aholi ko‘mirsiz qolmasligi uchun qanday choralar ko‘zda tutilgan?
Ko‘mir sanoatiga bozor mexanizmlarining joriy etilishi va aholini ko‘mir bilan ta’minlashga tadbirkorlik sub’yektlarining jalb qilinishi respublikamizning olis va borish...
O'qish
MAHALLIY KO‘MIR MAHSULOTLARINING YANGI ULGURJI NARXLARI
“O‘zbekko‘mir” AJ ko‘mir konida qazib olinadigan ko‘mir mahsulotlarining ulgurji narxlari (QQS bilan) qayta ko‘rib chiqilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublika tova...
O'qish
Brifing: ko‘mir ta’minotida yangi tizim: aholi uchun tanlov va raqobat imkoniyati kengaymoqda
Respublikamizda 2026/2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari, jumladan, tabiiy gaz yetib bormagan hudud...
O'qish