Xotira va qadrlash kuni: “Motamsaro ona” poyiga gulchambarlar qo‘yildi
Nashr qilingan sana: 08.05.2026 12:56:24
9 may – Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan Buyuk G‘alabaning 81 yilligi munosabati bilan mamlakatimiz bo‘ylab keng qamrovli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Shu munosabat bilan bugun Angren shahridagi “Motamsaro ona” yodgorligi poyiga gulchambarlar qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda “O‘zbekko‘mir” AJ mehnat faxriylari, faollar, jamoatchilik vakillari hamda korxona rahbariyati ishtirok etdi.
Tadbirda “O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktori o‘rinbosari – bosh muhandis V.V. Kuznetsov boshchiligida qatnashchilar Vatan ozodligi va yurt tinchligi yo‘lida halok bo‘lgan yurt o‘g‘lonlari xotirasiga hurmat bajo keltirib, yodgorlik poyiga gullar qo‘ydilar.
Qayd etilganidek, Ikkinchi jahon urushi yillarida Vatan ozodligi uchun kurashgan yuz minglab yurt o‘g‘lonlari qatorida angrenliklar, konchilarning ota-bobolari ham munosib ishtirok etgan. Urush yillarida nafaqat frontda, balki mehnat frontida ham yuksak jasorat va matonat namunasini ko‘rsatgan insonlarning xizmatlari xalq xotirasida abadiy saqlanadi.
Ayniqsa, Angren ko‘mir havzasidagi ilk konlarda fidokorona mehnat qilgan, og‘ir sinovli yillarda mamlakat iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlashga munosib hissa qo‘shgan konchilarning jasorati va mehnati bugun ham yuksak ehtirom bilan tilga olinmoqda.
Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan bunday tadbirlar yosh avlodni vatanparvarlik, milliy qadriyatlarga hurmat va ajdodlar xotirasiga sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
.jpg)
Oxirgi yangiliklar:
JAMOATCHILIK KENGASHI A’ZOLIGIGA OCHIQ TANLOV E’LON QILINADI
“O‘zbekko‘mir” AJ huzuridagi Jamoatchilik kengashi tarkibiga a’zolarni tanlash bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qiladi. ℹ️ Tanlov maqsadi: Jamiyat faoliyati ustidan jamoatchi...
O'qish
Ta’til yoki kasallik davrida bilim sinovidan o‘tish shartmi?
Xodimlarning mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bilim sinovidan o‘tishi ish joyida xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlashning muhim omillaridan biri hisoblanadi. Ammo bil...
O'qish
Jamiyat tizimida har juma “Sport kuni” deb belgilandi
Haftaning bir kunini “Sport kuni” etib belgilash to‘g‘risida “O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktori N.U. Dusmatovning 272-sonli buyrug‘i qabul qilindi. Buyruq O‘zbekiston Re...
O'qish
Jamiyat tizimida har juma “Sport kuni” deb belgilandi
Haftaning bir kunini “Sport kuni” etib belgilash to‘g‘risida “O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktori N.U. Dusmatovning 272-sonli buyrug‘i qabul qilindi. Buyruq O‘zbekiston Re...
O'qish