Yangilangan Mehnat Kodeksi amaliyotda
Nashr qilingan sana: 16.12.2023 06:55:20"O‘zbekko‘mir" AJ ijro apparatida yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi kuchga kirishi munosabati bilan “Kadrlar, mehnat va haqi xizmati faoliyatida qonun hujjatlari talablariga rioya qilish hamda mehnatga oid hujjatlarni rasmiylashtirish” bo‘yicha o‘quv-mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Mehnat kodeksining 1995-yildagi birinchi tahriridan farqli ravishda, unda majburiy mehnatni taqiqlash, xodimning huquqiy holati yomonlashishiga yo‘l qo‘yilmaslik kabilar asosiy prinsip etib belgilandi. Davlat ehtiyojmand aholini ishga joylash bo‘yicha qo‘shimcha kafolatlarni ta’minlaydi.
Olib borilayotgan mashg‘ulotlarda jamiyat tarkibidagi barcha filiallarning xodimlar bilan ishlash bo‘limi, mehnat va ish haqi bo‘limi xodimlari ishtirok etdi.
Mashg‘ulotlarning birinchi kunida tinglovchilar xodimlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ayrim toifadagi xodimlarga berilgan qo‘shimcha kafolatlar va imtiyozlar xususida ma’ruzalar tingladilar.
Kunning ikkinchi yarmida mashg‘ulotlar ayrim toifadagi xodimlarga berilgan qo‘shimcha kafolatlar va imtiyozlar mavzusi bo‘yicha davom etdi. O‘quv mashg‘ulotlarida mutaxassislarining mehnat qonunchiligidagi yangiliklar bo‘yicha malakasi oshirildi.
Oxirgi yangiliklar:
Onlayn muloqot oʻtkaziladi
📣Diqqat, e'lon! Joriy yilning 26-avgust kuni, soat 12:00 "O‘zbekko‘mir" AJda sohada amalga oshirilayotgan ishlar hamda fuqarolarning murojaatlarini tingl...
O'qish
Korrupsiyaga qarshi yangi qoidalar: endi nimalarga e’tibor berish kerak?
Xabaringiz bor, korrupsiyaga qarshi kurashishda talablar yanada kuchaytirildi. 2026-yil 22-iyunda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga korrupsiyaga qars...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” xodimlari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xo...
O'qish
Konchilar spartakiadasi: kuch, mahorat va hamjihatlik
“O‘zbekko‘mir” AJda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bos...
O'qish