Yoqilg‘i-energetika sohasi: aniq maqsad va vazifalar
Nashr qilingan sana: 26.09.2026 15:59:30Mamlakatimizda yoqilg‘i-energetika tarmog‘ini zamonaviy talablar asosida rivojlantirish, boshqaruv samaradorligini oshirish va bozor tamoyillarini bosqichma-bosqich joriy etishga qaratilgan ishlar izchil davom etmoqda.
Prezidentimizning 2026 yil 22 sentyabrdagi PF–202-son “Yoqilg‘i-energetika tarmog‘ini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni sohadagi islohotlarning muhim huquqiy asoslaridan biri bo‘ldi.
Hujjatda yoqilg‘i-energetika sohasida boshqaruv va tartibga solish tizimini takomillashtirish, korxonalar faoliyatini aniq yo‘nalishlar asosida tashkil etish hamda raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish bo‘yicha qator vazifalar belgilangan.
Farmonga muvofiq, yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida korxonalarning asosiy faoliyat yo‘nalishlari aniq belgilab berilmoqda. Jumladan, resurslarni qazib olish, ishlab chiqarish, qayta ishlash, tashish, saqlash, uzatish, taqsimlash, yetkazib berish va sotish bilan bog‘liq faoliyatlar yagona tizim doirasida ko‘rib chiqiladi.
Bu me’yor ko‘mir sanoati korxonalari uchun ham muhim ahamiyatga ega. Xususan, “O‘zbekko‘mir” AJda qazib chiqarish jarayonlarini samarali tashkil etish, mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanish va iste’molchilar ehtiyojini hisobga olgan holda ishlarni izchil davom ettirish muhim vazifalardan hisoblanadi.
Farmonda sohani raqamlashtirishga alohida e’tibor qaratilgan. 2027 yil 1 iyuldan yagona raqamli tarif platformasini joriy etish belgilangan. U orqali tarif buyurtmalari hamda zarur moliyaviy va texnik ma’lumotlarni elektron shaklda qabul qilish va qayta ishlash yo‘lga qo‘yiladi. Tarif hisob-kitoblarini avtomatlashtirish esa sohadagi jarayonlarni yanada tizimlashtirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanishni nazorat qilish sohasida ham yangi yondashuvlar belgilangan. Bunda qoidabuzarliklarning oldini olish, profilaktika ishlarini kuchaytirish va xavflarni erta aniqlashga qaratilgan preventiv nazorat modeliga ustuvorlik beriladi.
Umuman, PF–202-son Farmon yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish, raqamlashtirish va bozor tamoyillarini rivojlantirish uchun muhim asos yaratmoqda.
“O‘zbekko‘mir” AJ uchun belgilangan vazifalar sohadagi umumiy islohotlar bilan uyg‘un holda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, ko‘mir qazib chiqarish jarayonlarini takomillashtirish va iste’molchilarni yoqilg‘i resurslari bilan barqaror ta’minlashga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirishni taqozo etadi.
Ne’mat Dushayev,
“O‘zbekko‘mir” AJ matbuot kotibi
Oxirgi yangiliklar:
JAMOATCHILIK KENGASHINING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
“O‘zbekko‘mir” AJ huzuridagi Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi Angren ko'mir konida bo‘lib o‘tdi. Unda Bosh direktorning matbuot kotibi va axborot siyosati...
O'qish
Press-tur : bozor mexanizmlari Angren ko‘mir konida qanday joriy etilmoqda?
"O‘zbekko‘mir" AJ jurnalist va blogerlarni Angren ko‘mir konidagi ishjarayonlari bilan tanishtirdi. ANGREN, 25-sentabr 2026-yil. ‒ “O‘zbekko‘mir” AJ tomon...
O'qish
Hurmatli “O‘zbekko‘mir” AJ huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zolari!
Hurmatli “O‘zbekko‘mir” AJ huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zolari! Sizni Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishiga taklif etamiz. 📅 Sana: 25.09.2026...
O'qish