Yozda bolajonlar taʼtil vaqtlarini mazmunli oʻtkazishadi
Nashr qilingan sana: 16.06.2023 01:27:53Bolalar va ularning tarbiyachilari Angren shahridan oʻn besh chaqirim uzoqlikda, Ohangaron suv ombori boʻyida, togʻli Chet-suv va Tanga-Topti qishloqlari yonidagi “Koinot” oromgohiga “Isuzu” rusumli avtobusda joʻnab ketdi.
Safar oldidan bolalar va ularning tarbiyachilari bilan avtobusda manzilga yetib olish yuzasidan tushuntirish ishlari oʻtkazildi.
Mana, oʻquv yili tugadi, yosh avlod vakillari uchun yilning eng sevimli vaqti − yoz va u bilan birga uzoq kutilgan yozgi taʼtil boshlandi. Angrendagi mahalliy koʻmir sanoati korxonalari xodimlarining farzandlari uchun “Koinot” bolalar sogʻlomlashtirish oromgohi bolajonlarga yana oʻz bagʻrini ochdi. 16 iyun kuni yuzdan ziyod oʻgʻil-qiz mavsumning ilk bosqichida dam olish uchun joʻnab ketdi. Bolalar ham, ularning ota-onalari ham bu daqiqani katta sabrsizlik bilan kutishardi.
– Mehnatkashlarimizning farzandlari “Koinot” dam olish maskanida toʻrt smenada hordiq chiqaradi, – deydi “Oʻzbekkoʻmir” aksiyadorlik jamiyati Birlashma kasaba uyushma qoʻmitasi raisi Abdunosir Qayumov, – mavsum davomida ming nafardan ortiq oʻgʻil-qiz hordiq chiqaradi. Angren shahar hokimligi maʼmuriyatining iltimosiga koʻra, ota-onasi “Oʻzbekkoʻmir” aksiyadorlik jamiyati tarkibiy boʻlinmalarida ishlamaydigan bolalarga ham vaqtlarini foydali oʻtkazishlari uchun yoʻllanmalar berdik.
Oromgohga bu yil rahbar etib tajribali murabbiylar tayinlangan. Oʻqituvchilar va sport instruktorlarining saʼy-harakatlari bilan bolalar boʻsh vaqtlarini maroqli oʻtkazadilar. Ular nafaqat suzish, yengil atletika, tennis, futbol va ochiq havodagi boshqa oʻyinlar bilan shugʻullanishlari, balki ilm-fan va ijod bilan shugʻullanishlari mumkin boʻladi. Buning uchun barcha turdagi hobbi guruhlari, tematik tanlovlar, viktorinalar tashkil etiladi, filmlarni tomosha qilish, kitob oʻqish, teatr tomoshalarida qatnashish va shunchaki muloqot qilish imkoniyati yaratiladi.
Bolalar va ularning tarbiyachilarini Angren shahridan oʻn besh chaqirim uzoqlikda, Ohangaron suv ombori boʻyida, togʻli Chet-suv va Tanga-Topdi qishloqlari yonidagi “Koinot” oromgohiga eltib qoʻyish uchun “Isuzu” rusumli oʻnta avtobus yetib keldi.
– Avtobus haydovchilari yosh yoʻlovchilar xavfsizligi uchun masʼul, binobarin barchasi tajribali mutaxassislar boʻlib, ularning koʻpchiligi katta ish tajribasiga ega. Bolalar tushgan avtobus kolonnasini yoʻl harakati xavfsizligi xodimlari va tez yordam shifokorlari kuzatib boradi.
“Koinot” oromgohi bolalar uchun oʻz eshiklarini ochdi!
I. BAZARBAYEV
Oxirgi yangiliklar:
“O‘ZBЕKKO‘MIR” AJ: KO‘MIR QAZIB CHIQARISHDA BARQAROR NATIJALAR VA YANGI VAZIFALAR
“O‘ZBЕKKO‘MIR” AJ: KO‘MIR QAZIB CHIQARISHDA BARQAROR NATIJALAR VA YANGI VAZIFALAR “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida 2026 yil birinchi yarim yilligi yakunlariga ba...
O'qish
Onlayn muloqot oʻtkaziladi
📣Diqqat, e'lon! Joriy yilning 26-avgust kuni, soat 12:00 "O‘zbekko‘mir" AJda sohada amalga oshirilayotgan ishlar hamda fuqarolarning murojaatlarini tingl...
O'qish
Korrupsiyaga qarshi yangi qoidalar: endi nimalarga e’tibor berish kerak?
Xabaringiz bor, korrupsiyaga qarshi kurashishda talablar yanada kuchaytirildi. 2026-yil 22-iyunda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga korrupsiyaga qars...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” xodimlari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xo...
O'qish