Halollik bor joyda baraka bo‘ladi
Nashr qilingan sana: 04.03.2026 10:31:22Korrupsiya – jamiyatni ich-ichidan yemiruvchi, adolatga, ishonchga va taraqqiyotga putur yetkazuvchi eng xavfli illatlardan biri. U mehnatga emas, manfaatga tayanadi, halollik o‘rnini hiyla, qonun ustuvorligi o‘rnini esa tanish-bilishchilik egallashiga sabab bo‘ladi. Shu bois mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurash masalasi doimiy e’tibor markazida bo‘lib kelmoqda.
Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabr kuni Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga taqdim etgan Murojaatida bu illatga qarshi kurashni yanada qat’iylashtirish zarurligi alohida ta’kidlandi hamda 2026-yil korrupsiyaga qarshi kura-shishda dolzarb yil deb e’lon qilindi. Bu esa barcha sohalar, ayniqsa yirik davlat korxonalari zimmasiga katta mas’uliyat yuklashi shubhasiz.
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati respublikada ko‘mir qazib olish va iste’molchilarga yetkazib berish bo‘yicha yirik va yetakchi korxona hisoblanadi. Bugungi kunda jamiyat tarkibida 12 ta filial faoliyat yuritib, unda 5,9 ming nafarga yaqin xodim mehnat qilmoqda. Tabiiyki, bunday katta tuzilma, keng hudud va ko‘p sonli kadrlar mavjud bo‘lgan joyda korrupsiyaviy xavf-xatarlar ehtimoli ham yuqori bo‘ladi. Shu bois jamiyatda bu illatga qarshi kurash bir martalik tadbirlar bilan emas, balki tizimli, izchil va qat’iy tartibda olib borilmoqda.
2025-yil davomida jamiyatda kom-playens-nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini mustahkamlashga qaratilgan keng qamrovli ishlar amalga oshirildi. Barcha ishchi-xodimlar tomonidan manfaatlar to‘qnashuvi bo‘yicha deklaratsiyalar to‘ldirilib, ular atroflicha tahlil qilindi. Natijada ayrim ehtimoliy to‘qnashuv holatlari aniqlanib, ularning aksariyati barvaqt bartaraf etildi, qolganlari bo‘yicha esa tegishli choralar ko‘rildi. Ayrim xodimlar bo‘yicha Odob-axloq komissiyasiga materiallar kiritilib, qonunchilik doirasida xulosalar chiqarildi.
Jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki me’yoriy baza shakllangan bo‘lib, amal qilayotgan nizom va siyosatlar har bir xodim uchun majburiy hiso-lanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi “Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari mustaqilligini ta’minlash hamda faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-147-son qarori ijrosi doirasida ichki nazorat tuzilmasi qayta ko‘rib chiqilib, filiallarda qo‘shimcha mas’ul lavozimlar joriy etildi. Bu esa joylarda nazoratni kuchaytirish, muammolarni vaqtida aniqlash va oldini olishga xizmat qilmoqda.
Shuningdek, jamiyat faoliyatidagi asosiy funksiyalar kesimida kor-rupsiyaviy xavf-xatarlar baholandi. Ayrim yo‘nalishlar yuqori xavf toifasiga kiritilib, bu lavozimlarda ishlovchi xodimlar uchun maxsus o‘quvlar tashkil etildi. Ularning bilim va mas’uliyatini oshirishga qaratilgan bu tadbirlar amaliy natija bermoqda.
2025-yilda tuzilgan xo‘jalik shart-nomalari ham komplayens-nazoratdan o‘tkazilib, kontragentlar bilan ishlashda ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga qat’iy amal qilindi. Shu bilan birga, jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar diqqat bilan ko‘rib chiqilib, ayrim holatlarda xizmat tekshiruvlari o‘tkazildi, aniqlangan zararlar undirildi va qonun buzilishlariga yo‘l qo‘ygan shaxslar javobgarlikka tortildi.
Korrupsiyaga qarshi kurash fa-qat nazorat va jazo bilan cheklanib qolmasligi kerak. Shu maqsadda ja-miyatda profilaktika ishlariga ham katta ahamiyat berilmoqda. Xodimlar uchun o‘quv kurslari, seminarlar, davra suhbatlari o‘tkazilib, halol mehnat, pok vijdon va qonunga itoat etish tamoyillari targ‘ib qilinmoqda.
Xulosa qilib aytganda, Jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosati darajasida olib borilayotgan ustuvor vazifalar bilan uyg‘un holda amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz belgilab bergan yo‘l xaritasiga mu-vofiq, jamiyatda adolat, shaffoflik va javobgarlik muhiti yaratish yo‘lida ishlar izchil davom ettiriladi. Chunki korrupsiyaga murosasiz munosabat – barqaror taraqqiyot va xalq ishonchining eng mustahkam kafolatidir.
Murodjon ABDURAIMOV,
“O‘zbekko‘mir” AJ Komplayens-nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati komplayens-inspektori
Oxirgi yangiliklar:
2025-yil davomida 8 ta innovatsion loyiha amalga oshirildi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida 2025-yil mobaynida innovatsion rivojlanish yo‘nalishida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Jamiyatning ko‘plab filiallarida qat...
O'qish
Qog‘ozsiz tizim – tezkor boshqaruv samarasi
“O‘zbekko‘mir” AJ ijro apparati va filiallarida ish yuritish tizimi zamon talablari asosida yangilandi. Elektron hujjat aylanmasi – EDO tizimi joriy etilishi natijas...
O'qish
Investitsiya va innovatsiyalarga yo‘l ochgan 58 tashrif
2025-yil “O‘zbekko‘mir” aksiya-dorlik jamiyati uchun xorijiy ham-korlik yili bo‘ldi. Jamiyat yil davomida 58 ta xorijiy tashrifni qabul qildi, bu nafaqat texnologiya va t...
O'qish