Ijro intizomi samaradorligini oshirishga qaratilgan seminar
Nashr qilingan sana: 15.09.2025 18:10:42Joriy yilning 15 sentyabri kuni “O‘zbekko‘mir” AJ ijro apparatida “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimining imkoniyatlari va uning amaliyotdagi ahamiyatiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni “Unicon Soft” MChJ Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi Angren shahar filiali boshlig‘i N. O‘ktamov hamda kompaniya mutaxassisi N. Mutalov olib bordi. Seminarda ijro apparati xodimlari, barcha filial va tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari faol ishtirok etdi.
Muloqot davomida qonun hujjatlari va topshiriqlar ijrosini “edo.ijro.uz” elektron tizimi orqali samarali tashkil etish, hujjatlar aylanmasini aniq va sifatli ta’minlash, topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarish hamda murojaatlarga belgilangan muddatlarda javob berish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilib, tizim bilan ishlashning muhim jihatlari o‘rgatildi.
Jamiyat Ijro intizomi va murojaatlar bo‘limi boshlig‘i Sh. Hasanov “Ijro.gov.uz” tizimida ishlash bo‘yicha dastlabki tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. Tadbir ishtirokchilari esa mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar oldilar.
Seminarda ta’kidlanganidek, “Ijro.gov.uz” tizimidan samarali foydalanish orqali ish yuritish tartibi soddalashadi, tashkilotlarda ijro intizomi mustahkamlanadi va mas’uliyat darajasi oshadi.
Ma’lumot uchun, “Ijro.gov.uz” davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini ta’minlash uchun ishlab chiqilgan yagona elektron tizim hisoblanadi. U qator afzalliklarga ega bo‘lib, topshiriqlar ijrosini elektron nazorat qilish, hujjatlar aylanmasida shaffoflik va tezkorlikni ta’minlash, mas’ul xodimlarning vazifalarini aniq belgilash va nazorat qilish, murojaatlarga o‘z vaqtida javob qaytarilishini kafolatlash imkonini beradi.
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

“Moddiy-texnik ta’minot va ijtimoiy soha” filiali ishchi-xodimlari milliy liboslarda faoliyatini davom ettirmoqda
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi “Moddiy-texnik ta’minot va ijtimoiy soha” filiali jamoasi milliy qadriyatlarimizni ulug‘lash va ma’naviy merosimizni ken...
O'qish
"O'zbekko'mir" AJ "Avtomobil-texnologik transporti" filiali Milliy liboslar targ‘iboti davom etmoqda
“O‘zbekko‘mir" AJ “Avtomobil texnologik transporti” filiali jamoasi Milliy liboslar kuni munosabati bilan har duma kuni o‘z mehnat faoliyatini milliy kiyiml...
O'qish
"Kapital qurilish" filiali tomonidan ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash ishlari olib borilmoqda
Mamlakatimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj, kambag‘allik reyestriga kiritilgan fuqarolarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida tegishli tashkilot va korxonalar zimmas...
O'qish