Investitsiya va innovatsiyalarga yo‘l ochgan 58 tashrif
Nashr qilingan sana: 03.03.2026 10:54:442025-yil “O‘zbekko‘mir” aksiya-dorlik jamiyati uchun xorijiy ham-korlik yili bo‘ldi. Jamiyat yil davomida 58 ta xorijiy tashrifni qabul qildi, bu nafaqat texnologiya va tajriba almashish, balki investitsiya va ilmiy hamkorlikni kengaytirishda ham muhim ahamiyat kasb etdi.
Xorijiy kompaniyalar va ilmiy tash-kilotlar tashriflari orqali konchilik sohasida zamonaviy texnologiyalar, ilg‘or ish usullari va yangi avlod uskunalari bilan tanishish imkoni paydo bo‘ldi. Bu “O‘zbekko‘mir” AJ mutaxassislariga ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish, global tendensiyalardan xabardor bo‘lish va yangi imkoniyatlarni qidirishda katta imtiyoz berdi. Shu bilan birga, xorijiy kompaniyalarning qiziqishi jamiyatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirdi, yangi loyihalarni moliyalashtirish va ishlab chiqarishni kengaytirish uchun zamin yaratdi.
Shu jihatdan, 2025-yil boshida Ger-maniyaning “Carbon-polymer” kompaniyasi bilan o‘tkazilgan uchrashuv alo-hida ahamiyatga ega bo‘ldi. Ushbu kompaniya nafaqat mahsulot yetkazib beruvchi sifatida, balki ishlab chiqarish korxonalari bilan haqiqiy hamkor sifatida ham ish olib borishini ko‘rsatdi. Mutaxassislar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot va muammolarni joyida o‘rganish orqali taklif etilgan yechimlar zamonaviy va mas’uliyatli yondashuv namunasi bo‘ldi.
Janubiy Koreyaning geologiya va mineral resurslar sohasidagi davlat va ilmiy tashkilotlari (“KOMIR”, “KIGAM” va “SOAM”) bilan hamkorlikda kon hududlaridagi ko‘chki va uning ta’sir etuvchi omillari bo‘yicha tadqiqotlar amalga oshirildi. Dastlabki natijalarga ko‘ra, yer osti suvlari va yoriqlar harakati doimiy onlayn nazoratga olindi, maxsus datchiklar o‘rnatildi va onlayn kuzatuv markazi tashkil qilindi. Bu tadqiqotlar 2030-yilgacha davom et-tirilishi rejalashtirilgan va konchilik sohasida xavfsizlik va samaradorlikni oshirishda muhim ahamiyatga ega.
Shu bilan birga, Iqtisodiyot va moliya vazirligi yo‘naltiruvida xalqaro konsalting kompaniyasi “Ernst & Young Advisory” bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Jamiyatda Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (IFRS) joriy etildi, bu investitsiya va moliya resurslarini jalb qilish, korporativ boshqaruvni ta-komillashtirish va xalqaro nufuzni oshirishga xizmat qiladi.
Xitoyning “China Coal Resources Development” kompaniyasi bilan hamkorlik natijasida esa Hamkorlik me-morandumi imzolandi va texnik-iqtisodiy asos yaratildi. Bu Jamiyat uchun manfaatli investitsiya takliflarini ko‘rib chiqish imkonini berdi. Ishlab chiqarish hududlaridagi chang muammosini hal etish maqsadida “BOREI” xorijiy kor-xonasi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi va tegishli takliflar ishlab chiqilmoqda, amaliy ishlar 2026-yilda boshlanishi rejalashtirilgan.
O‘zbekistonning “DuoPro” kompa-niyasi ham jamiyatda bo‘lib, katta yuk mashinalarida yoqilg‘i sarfini onlayn boshqarish va zamonaviy GPS tizim-larini o‘rnatishni taklif qildi. Hozirda ushbu tizimlar “ATT” filiali texnikalarida muvaffaqiyatli o‘rnatilmoqda va yoqilg‘i sarfini nazorat qilish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
Barcha ushbu tashriflar va hamkor-lik natijasida “O‘zbekko‘mir” nafaqat texnologiya va ilmiy jihatdan rivojlanmoqda, balki investitsiyaviy va korporativ salohiyati ham oshib bormoqda. Jamiyat global tendensiyalardan ortda qolmaslik, konchilik sanoatini zamona-viy standartlarga muvofiq rivojlantirish va barqaror o‘sishni ta’minlash yo‘lida qat’iy harakat qilmoqda.
Muhammadsodiq Otabekov,
“O‘zbekko‘mir” AJ Tashqi iqtisodiy aloqalar va investitsiyalar boshqarmasi yetakchi mutaxassisi
Oxirgi yangiliklar:
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari diqqatiga!
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida XABARNOMA “O‘zbekko‘mir” AJ Kuzatuv kengashinin...
O'qish
2026-yil I chorak: korrupsiyaga qarshi faoliyat
Komplayens-nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-iyundagi “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi O‘RQ-931-son...
O'qish
INNOPROM–2026: yangi imkoniyatlar va strategik hamkorliklar maydoni
2026-yil 20-22-aprel kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan INNOPROM – Markaziy Osiyo xalqaro sanoat ko‘rgazmasi “O‘zbekko‘mir” AJ uchun ilg‘or texnologiyalar, zamonav...
O'qish
KCHM Group kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv
2026-yil 23-aprel kuni Toshkent shahridagi KCHM Group korxonasi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvning asosiy maqsadi 2026–2027 yillarga mo‘ljallangan te...
O'qish