Ko‘mir ta’minoti: fuqaro murojaati hal etildi
Nashr qilingan sana: 04.11.2025 17:54:53Hozirgi kunlarda havo sovishi sababli ko‘pchilik aholi ko‘mirga ehtiyoj sezmoqda. Tayloq tumani Do‘stlik MFYda istiqomat qiluvchi A. Xomidov mahalliy ko‘mir xarid qilish masalasida “O‘zbekko‘mir” AJga murojaat qilgan edi. Ushbu murojaat “Ko‘mir ta’minot” MChJ Samarqand viloyati filiali tomonidan ko‘rib chiqildi va fuqaro ko‘mir mahsuloti bilan ta’minlandi.
Filial rahbariyati tomonidan yo‘llangan javob xatida ma’lum qilinishicha, joriy 2025–2026-yillar kuz-qish mavsumi uchun Samarqand viloyati aholisini 166,6 ming tonna mahalliy ko‘mir bilan ta’minlash rejalashtirilgan. Jomboy ko‘mir ombori viloyatning Jomboy va Tayloq tumanlari aholisi uchun jami 20 ming tonna ko‘mir yoqilg‘isini yetkazib berishi belgilangan. Hozirgi kunda mahalliy ko‘mir yoqilg‘isi tarqatish ishlari jadal davom etmoqda va Jomboy ko‘mir omborida ko‘mir zaxirasi yetarli.
Yoqilg‘iga ehtiyojmand fuqarolar Mycoal.uz elektron platformasiga kiritilgan ariza orqali “Ko‘mir ta’minot” MChJ tasarrufidagi o‘zlariga yaqin hududiy ko‘mir omboriga murojaat qilib, tegishli ko‘mirni xarid qilishlari mumkin. Omborlarda sun’iy navbatlar yuzaga kelmasligi uchun mahalliy hokimliklar tomonidan tasdiqlangan mahallalar kesimidagi jadvalga qat’iy amal qilish so‘raladi.
“O‘zbekko‘mir” AJ Axborot xizmati
Oxirgi yangiliklar:
Hamkorlik – ilmiy yechimlar sari muhim qadam
2026-yil 26-fevral kuni “O‘zbekko‘mir” AJ katta faollar zalida jamiyat mutaxassislari hamda NITU MISiS professor-o‘qituvchilari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur t...
O'qish
Stol tennisi va badminton bo‘yicha sport musobaqalari yakunlandi
Jamiyatimiz filiallari o‘rtasida o‘tkazilgan stol tennisi hamda badminton musobaqalari qizg‘in va murosasiz bahslarga boy tarzda o‘tdi. Musobaqa yakunlariga ko‘ra g‘olib...
O'qish
Yangi farmon doirasidagi metrologiya islohotlari
O‘zbekistonda texnik tartib-qoidalar sohasida tizimli islohotlarning yangi bosqichi boshlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiningg “Texnik jihatdan tartibga solish s...
O'qish
"Oʻzbekkoʻmir" AJ tasarrufidagi “ShUKQO” filialida maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi
2026-yil 19-fevral kuni Oʻzbekkoʻmir AJ tasarrufidagi “ShUKQO” filialida kimyoviy xavfli obyektlarda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik da...
O'qish