Ko‘mir ta’minoti hokim e’tiborida
Nashr qilingan sana: 12.12.2024 07:43:45
Mamlakatimiz hududlariga kirib kelgan sovuq havo oqimi sabab aholini ikkilamchi yoqilg‘i bilan ta’minlash dolzarb vazifalardan biriga aylandi. Bu borada xonadonlarga ko‘mirni o‘z vaqtida yetkazib berish muhim ahamiyatga ega.
Namangan viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov “Ko‘mir ta’minot” mas’uliyati cheklangan jamiyat viloyat filialining Davlatobod va To‘raqo‘rg‘on tumanlaridagi ko‘mir omborlarida bo‘lib, mavjud holatni ko‘zdan kechirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 6 iyuldagi “Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy va energetika sohasi ob’ektlari hamda ko‘p kvartirali uy-joy fondini 2024-2025 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida Namangan viloyatida aholi xonadonlariga “Ko‘mir ta’minot” mas’uliyati cheklangan jamiyat tomonidan jami 183,6 ming tonna ko‘mir yetkazib berilishi rejalashtirilgan.

Bugungi kunda viloyat ko‘mir omborlari tomonidan mycoal.uz platformasi asosida mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari orqali aholi xonadonlariga kunlik 1600-1750 tonnagacha ko‘mir yetkazib berish ishlari amalga oshirilmoqda. Hozirda iste’molchilarga ko‘mirning tonnasi 309 800 so‘mdan sotilmoqda. Davlatobod tumanidagi Rovuston ko‘mir saqlash va tarqatish omboridagi ish jarayonlarini o‘rganish chog‘ida viloyat hokimi tomonidan aholining qish mavsumida ko‘mir ta’minotiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish yuzasidan ishlarni yanada tezlatish yuzasidan tegishli mutasaddilar zimmasiga topshiriqlar yuklatildi.

Joriy kuz-qish mavsumida To‘raqo‘rg‘onda 17 ming 112 tonna ko‘mirga ehtiyoj borligi aniqlangan bo‘lib, hozirga qadar 13 ming 300 tonna yoqilg‘i aholi va ijtimoiy soha ob’ektlariga tarqatildi. Viloyat hokimining topshirig‘iga muvofiq 670 tonna ko‘mir keltiriladigan bo‘ldi.
Oqilxon Dadaboyev, O‘zA
https://uza.uz/oz/posts/komir-taminoti-hokim-etiborida_666652
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

Angren konchilari haqida Rossiya jurnalida maqola chop etildi
Rossiya Federatsiyasining xalqaro “Глобус: геология и бизнес” jurnalida (2025 yil oktabr, №4) jurnalist Diana Andreevaning “Ular qorong‘ulikda ishlaydilar” sarlavhal...
O'qish
Tog‘-kon transport uskunalarini ta’mirlash zavodi bilan tanishuv
Mahalliylashtirish markazi vakillari “O‘zbekko‘mir” AJ Tog‘-kon transport uskunalarini ta’mirlash zavodi filialida bo‘lishdi. Mehmonlar korxonaning ishlab chiqari...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ mutaxassisi maqolasi xalqaro jurnalda
Rossiya Federatsiyasida nashr etiladigan xalqaro “Глобус: геология и бизнес” jurnali (№5)ning 2025-yil oktabr ssonida sahifarida “O‘zbekko‘mir” aksiyadorli...
O'qish
Bugun yurtimizda – “Milliy liboslar kuni”
Bugun yurtimizda – “Milliy liboslar kuni” sifatida nishonlanmoqda. “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati xodimlari ham ushbu an’anaga hamohang tarzda ishga milliy l...
O'qish