“Liebher” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi
Nashr qilingan sana: 01.04.2026 18:03:33Bugun Germaniyaning “Liebherr” kompaniyasi vakillari bilan “O‘zbekko‘mir” AJda uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv jamiyat bosh direktorining birinchi o‘rinbosari O. Ismoilov boshchiligida o‘tkazildi.
Uchrashuvda “O‘zbekko‘mir” AJ bosh muhandisi V. Kuznesov, ATT filiali boshlig‘i Q. Xusainov hamda bosh muhandis R. Qandaxarov ishtirok etdi.
Muzokaralar ikki tomonlama manfaatli va konstruktiv ruhda o‘tdi. Dastlab Q. Xusainov bugungi kunda ATT filialida foydalanilayotgan Liebherr buldozerlari haqida to‘xtalib, ishlab chiqarish jarayonida yuzaga kelayotgan asosiy nosozliklar, asosan, texnikaning elektron tizimlari va avtomatlashtirilgan qismlariga to‘g‘ri kelayotganini ta’kidladi. Shuningdek, ushbu muammolarni bartaraf etish murakkab ekanligi va bu borada kompaniya tomonidan amaliy yordam ko‘rsatish maqsadga muvofiq bo‘lishi qayd etildi.
Kompaniya vakillari buldozer mashinistlarini tayyorlash va qayta tayyorlash, shuningdek, ularga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar malakasini oshirish masalalarida hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildirdi.
Bosh muhandis V. Kuznesov esa avtoag‘darmalarga yuk qabul qilish jarayonida yuk ko‘tarish quvvati 50 tonnadan yuqori bo‘lgan g‘ildirakli buldozerlarga ehtiyoj mavjudligini ta’kidlab, ushbu turdagi texnikalarning afzalliklari haqida so‘z yuritdi.

O. Ismoilov mehmonlarga ehtiyot qismlarni xarid qilishda yuzaga kelayotgan muammolar haqida ma’lumot berib, kompaniya tomonidan taklif etilayotgan ehtiyot qismlar narxlari ayrim xususiy yetkazib beruvchilarga nisbatan yuqori ekani sababli sifatli mahsulotlarni xarid qilish imkoniyatlari cheklanayotganini qayd etdi.
Uchrashuv yakunida kompaniya vakillari buldozerlarga servis xizmatini yaxshilash masalasiga alohida e’tibor qaratilishini, xodimlarni o‘qitish yo‘nalishlari o‘rganib chiqilishini hamda moliyaviy masalalarda jamiyat imkoniyatlari inobatga olinishini ta’kidladi. Shuningdek, kelgusida o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash va rivojlantirishga tayyor ekanliklari bildirildi.
Oxirgi yangiliklar:
Sarhisob: 2025-yilda ishlab chiqarish o‘sdi, raqamlashtirish va innovatsiyalar kengaydi
2026-yilning 31-mart kuni O‘zbekiston milliy matbuot markazida "O‘zbekko‘mir" aksiyadorlik jamiyatining 2025-yil yakunlari hamda 2026-yil uchun belgilangan ustuvor va...
O'qish
Ramazon hayiti hamda Navro‘z bayrami tabrigi
Hurmatli “O‘zbekko‘mir” AJ ishchi-xodimlari va aziz hamshaharlar! Sizlarni Ramazon hayiti hamda yangilanish, yasharish va mehr-oqibat ramzi bo‘lgan Navro‘z bayrami b...
O'qish
Angren konchilari faoliyati xaqaro e’tirofda
“Глобус: геология и бизнес” jurnalining 2026-yil mart sonida yana bir tahliliy maqola o‘quvchilar hukmiga havola qilindi. Ushbu maqola ham angrenlik jurnalist Diana A...
O'qish