Nafosat bayrami muborak bo‘lsin, konchi-ayollar!
Nashr qilingan sana: 06.03.2025 23:39:26Assalomu alaykum, muhtarama onaxonlar, qadrli opa-singillar!
Siz, azizlarni, bahor bayrami bo‘lmish 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan chin ko‘ngildan muborakbod etamiz, shu orqali Sizlarga yuksak hurmat va ehtiromimizni izhor qilamiz.
Ayol timsolida mehru muhabbat, sadoqat va vafo ramzi mujassamdir. Biz har gal olamning pokligi, inson kamoloti, umrning ziynati haqida gap ketganda, shubhasiz, Siz, mo‘tabar onalarimiz, go‘zal opa-singillarimizni ko‘z oldimizga keltiramiz. Shu boisdan bo‘lsa kerak, hayotimizning ko‘rki va fayzi, jamiyat va oilaning ustuni bo‘lgan xotin-qizlarimizni hurmat qilish dono xalqimiz uchun azaldan yuksak qadriyat bo‘lib kelgan. Zero sizlar bilan hayotimiz mazmunli, xonadonlarimiz esa nurafshondir. Sizlar har bir sohada go‘zal ibrat va namuna ko‘rsatib kelasizlar.
Bugun mamlakatimizda, barcha sohalar qatori, ko‘mir sanoati ham jadal rivojlanib bormoqda. Yangidan-yangi sanoat korxonalarining bunyod etilishi, hayotimizning tobora farovonlashib borishi ortidan energiya resurslariga talab yildan-yilga ortmoqda. Bu esa ko‘mir sanoati sohasi xodimlari oldiga yangi marra va vazifalarni qo‘ymoqda. Jamiyatimizda ko‘mir qazib olish va iste’molchilarga yetkazib berish bo‘yicha belgilangan vazifalarning bajarilishida, siz, konchi xotin-qizlarimizning hissasi benihoya katta. Uy-ro‘zg‘or, bola tarbiyasidan ortib, ishlab chiqarishda ham faollik ko‘rsatayotganingiz har qancha tahsinga loyiq.
O‘z navbatida jamiyatimizda xotin-qizlarning unumli mehnat qilishi va mazmunli hordiq chiqarishi uchun zarur barcha sharoitlar yaratib berilmoqda. Biz konchi ayollarga Jamoa shartnomasidagi barcha imtiyoz va ijtimoiy kafolatlarnining to‘la-to‘kis ro‘yobga chiqishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solaveramiz.
Qadrli konchi-ayollar!
Fursatdan foydalanib, Siz, azizlarni, bahor, go‘zallik va nafosat bayrami bilan yana bir bor samimiy qutlaymiz. Umringiz uzoq, sog‘lig‘ingiz mustahkam bo‘lsin. Mashaqqatli va sharafli ishlaringizda hamisha muvaffaqiyatlar, oilangizga baxt tilaymiz. Rizqu nasibangiz hamisha ziyoda bo‘lsin! Bahor kayfiyati siz, azizlarga, doimo hamroh bo‘lsin!
Hurmat va ehtirom ila,
Nodirbek Dusmatov,
“O‘zbekko‘mir” AJ Bosh direktori vazifasini bajaruvchi
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

Angren konchilari haqida Rossiya jurnalida maqola chop etildi
Rossiya Federatsiyasining xalqaro “Глобус: геология и бизнес” jurnalida (2025 yil oktabr, №4) jurnalist Diana Andreevaning “Ular qorong‘ulikda ishlaydilar” sarlavhal...
O'qish
Tog‘-kon transport uskunalarini ta’mirlash zavodi bilan tanishuv
Mahalliylashtirish markazi vakillari “O‘zbekko‘mir” AJ Tog‘-kon transport uskunalarini ta’mirlash zavodi filialida bo‘lishdi. Mehmonlar korxonaning ishlab chiqari...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ mutaxassisi maqolasi xalqaro jurnalda
Rossiya Federatsiyasida nashr etiladigan xalqaro “Глобус: геология и бизнес” jurnali (№5)ning 2025-yil oktabr ssonida sahifarida “O‘zbekko‘mir” aksiyadorli...
O'qish
Bugun yurtimizda – “Milliy liboslar kuni”
Bugun yurtimizda – “Milliy liboslar kuni” sifatida nishonlanmoqda. “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati xodimlari ham ushbu an’anaga hamohang tarzda ishga milliy l...
O'qish