OITS va giyohvandlik vabosi ‒ davr muammosi
Nashr qilingan sana: 30.11.2022 07:13:291 dekabr ‒ Butunjahon OITSga qarshi kurashish kuni. Shu munosabat bilan "Oʻzbekkoʻmir" aksiyadorlik jamiyatida "OITS va giyohvandlik vabosi ‒ davr muammosi" mavzusida soha mutaxassislari va ijod ahli ishtirokida maʼnaviyat kechasi oʻtkazildi.
"Qurilish-montaj ishlari" filiali faollar zalida tashkil etilgan tadbirni "Birlashgan kasaba uyushma qoʻmitasi raisi A.Qayumov kirish soʻzi bilan ochar ekan, yigʻilganlar eʼtiborini XXI asr vabosi boʻlmish OITS ijtimoiy kasalligi va uning oqibatlariga qaratdi. OITS jamiyatga nafaqat iqtisodiy, siyosiy zarar keltiradi, shuningdek, oilaviy, ruhiy, maʼnaviy, axloqiy jihatdan salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. Ushbu kasallikka chalinishning oldini olish maqsadida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, yoshlarni ayniqsa giyohvandlik balosidan asrash zarur.
Tadbirda Toshkent viloyat narkololgiya dispanseri shifokori Farruh Farruh Najimov asr vabosi boʻlgan OITS va giyohvandlik, uning kelib chiqishi, ushbu kasallikka chalinmaslikning profilaktik chora-tadbirlari xususida soʻzlab berdi.
Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston davlat musiqali teatri ijodkorlari tomonidan mavzuga oid dastur namoyish qilindi.
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

“O‘zbekko‘mir” AJ Bosh direktori N.U. Dusmatovninhg bayram tabrigi
Hurmatli konchilar va ko‘mir sanoati faxriylari! Qadrli hamkasblar! Barchangizni kasb bayramingiz bilan samimiy tabriklayman. Mana, 2001 yildan buyon maml...
O'qish
Milliy liboslar bayramlarda ayniqsa yarashadi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida haftaning har jumasi ‒ “Milliy liboslar kuni” sifatida nishonlanmoqda. Bu galgi “Milliy liboslar” chellenji Konchilarni...
O'qish
Konchilar mehnati e’tirof etildi
18-may – O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni! Shu munosabat bilan 16-may kuni “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida kasb bayramiga bag...
O'qish
“Eng yaxshi ixtirochi” tanlovida ishtirok eting!
“O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktorining “Eng yaxshi ixtirochi” tanlovini tashkil etish to‘g‘risida” 145-sonli buyrug‘i qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezi...
O'qish