“Oʻzbekkoʻmir” AJ bosh direktori V.V.Kuznetsovning Yangi yil tabrigi
Nashr qilingan sana: 31.12.2022 05:17:50«Oʻzbekkoʻmir» aksiyadorlik jamiyati bosh direktori Vladimir Vladimirovich Kuznetsovning bayram tabrigi
Hurmatli hamkasblar, aziz konchilar!
Joriy 2022 yil nihoyasiga yetmoqda, oʻtgan bir yillik davr oson boʻlmasa-da, biz, koʻmir sanoati xodimlari uchun unumli kechdi. Eng muhimi, tabiiy boylik ‒ koʻmir qazib olish va joʻnatishning yuqori surʼatlari bilan quvontirdi: biz 5 million tonnalik marrani egalladik!
Erishilgan muvaffaqiyat oson boʻlmadi, albatta. Bir qancha qiyinchiliklarni mardonavor yengdik, umid bilan yashadik, omad va muvaffaqiyatga ishondik. Biz yanada rivojlanish tarafdorimiz va Oʻzbekiston hukumati oldimizga qoʻygan barcha maqsadlarga erisha olamiz.
Bizning ajoyib jamoamiz asosiy boyligimizdir. Aynan jamoaning uygʻunlashgan mehnati va har bir xodimning fidoyiligi tufayli «Oʻzbekkoʻmir» aksiyadorlik jamiyati keyingi oʻttiz yillik tarixidagi murakkab davr qiyinchiliklarini yengib oʻtib, katta mehnat gʻalabasiga erishdi.
Kirib kelayotgan yangi ‒ 2023 yilgi rejalarimiz yanada ulkan. Yoqilgʻi qazib olish va yetkazib berishning yangi marralari sari odimlaymiz. Hayotimizdagi yangi sahifa barchamizga quvonch va umid bagʻishlaydi.
Fursatdan foydalanib, koʻmir sanoati mehnat faxriylarini, korxonamiz jamoasi aʼzolarini va ularning oilasini kirib kelayotgan yangi – 2023 yil bilan aksiyadorlik jamiyatimiz maʼmuriyati nomidan tabriklayman.
Barchangizga mustahkam sogʻlik, shaxsiy baxt, muhabbat va quvonch, oilalarga moddiy farovonlik, tinchlik-xotirjamlik tilayman. Oʻylaymanki, yangi yilda yanada yangi va va yanada ulugʻvor marralarni birgalikda zabt etamiz.
Yangi − 2023 yilingiz muborak boʻlsin!
Vladimir KUZNETSOV,
«Oʻzbekkoʻmir» AJ bosh direktori
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

“Kiberxavfsizlik” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
13-iyun kuni “O‘zbekko‘mir” AJ Markaziy dispetcherlik markazida “Yoshlar oyligi” tadbirlari doirasida “Kiberxavfsizlik: mutaxassislar va yoshlar muloqoti” mavzus...
O'qish
Har juma – milliy iftixor ifodasi!
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida har juma kuni “Milliy liboslar kuni” sifatida nishonlanmoqda. Ushbu an’ana ijro apparatidanoq tortib filiallargacha izc...
O'qish
Angren ‒ O‘zbekiston ko‘mir sanoatining markazi!
13-iyun – kon zaxiralari boy, sanoati yuksak, tarixi sharafli Angren shahriga rasmiy asos solingan kun. 1946-yilning aynan shu kuni “Angrenshaxtstroy” posyolkasi...
O'qish
Raqamli yondoshuv – yangi zamonaviy imidj sari qadam
Yurt taraqqiyoti, uning tashqi va ichki imiji nafaqat siyosiy-iqtisodiy islohotlarga, balki ularning amalda qanday tatbiq etilayotganiga ham chambarchas bog‘liq. Yangi O‘...
O'qish