Samarali mehnatga yarasha manfaat va ragʻbat
Nashr qilingan sana: 18.05.2023 02:16:10"Angren" koʻmir koni – Toshkent viloyati Ohangaron vodiysidagi Qurama va Chatqol togʻlari etagida joylashgan Markaziy Osiyodagi yirik ochiq kon hisoblanadi. Bu yerda geologik kon qidiruv ishlari 1934 yildan boshlangan. Angren koʻmir havzasidagi dastlabki shaxta 1940 yilda ishga tushirilgan. Koʻmirli havzaning maydoni qariyb 70 kv. km.ga teng. Aniqlangan zaxirasi 860 metr chuqurlikgacha 1,9 milliard tonna (Bu Oʻrta Osiyodagi barcha koʻmir zaxirasining qariyb 1/4 qismini tashkil etadi).
"Oʻzbekkoʻmir" aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi "Angren koʻmir koni" filiali jamiyatning asosiy korxonasi boʻlib, bu yerda ishchi-xodimlari huquq va manfaatlarini taʼminlash kasaba uyushma qoʻmitasining ustuvor vazifasi sanaladi. Qoʻmitaga 2015 yildan buyon Bozorboy Hasanov rahbarlik qilib kelmoqda.
Filialda 1735 kishi ishlaydi, ulardan 175 nafari ayollardir. Jamoa tarkibi yil sayin yosh qadrlar bilan toʻldirib borilmoqda. Oʻtgan 2022 yil davomida 155 nafar yosh mutaxassislar ishga qabul qilindi, ulardan 26 nafari kollej bitiruvchilaridir. Tizimga yangi ishga qabul qilinayotgan yoshlar bilan alohida suhbatlar oʻtkaziladi. Ular "Ustoz ‒ shogird" tizimidagi malakali mutaxassislarga biriktirilib, mohir mutaxassis boʻlib yetishishlariga sharoitlar yaratib berilmoqda.
"Angren koʻmir koni" filiali maʼmuriyati va kasaba uyushmasi qoʻmitasi tomonidan har bir ishchi-xodimning sogʻligʻini asrashga, ularning ishda jarohat olishiga yoʻl qoʻyilmasligiga katta eʼtibor bergan holda, mehnat muhofazasi BITIMi va Tashkiliy chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib tasdiqlanadi va izchil bajarib kelinadi. 2022 yil davomida ish joylarida baxtsiz hodisalar kuzatilmagani ana shu tizimli ishlarning samarasidir.
Albatta, mehnat muhofazasi yoʻnalishidagi ishlarda yutuqlar bilan birga kamchiliklar ham yoʻq emas. Xususan, ishchi-xodimlar maxsus kiyim-bosh va maxsus poyabzal bilan bilan toʻliq taʼminlanmagan. Tizimdagi mavjud tibbiyot punktlari esa koʻngildagidek faoliyat koʻrsatib kelmoqda, ular birinchi yordam koʻrsatiladigan vaqtda ishlatiladigan dori-darmonlar bilan oʻz vaqtida taʼminlab borilmoqda.
Filialda maʼnaviy-maʼrifiy, fizkultura va sport yoʻnalishidagi tadbirlar muntazam oʻtkazib kelinadi. Bayramlar va muhim sanalar munosabati bilan tashkil etilayotgan davra suhbatlari va uchrashuvlar hamda sport musobaqalari hamisha qiziqarli kechadi. Jumladan, Vatan himoyachilari kuniga bagʻishlab taniqli soʻz ustasi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Boltaboy Toshmatov ishtirokida oʻtkazilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirdan tizimda mehnat qilayotgan va filialda ishlab, nafaqaga chiqqan baynalmilal jangchilar katta taassurot oldidar. Ularga bayram sovgʻalari ulashildi. Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda esa taniqli soʻz ustasi Sanjar Shodiyev ishtirok etib, tadbirga taklif qilingan xodimalarimizga bir olam zavq bagʻishladi. Konchilar kasb bayramida "Oʻzbekkoʻmir" AJ maʼmuriyati bilan birgalikda filiallarda koʻp yillardan beri mehnat qilib kelayotgan, ilgʻor, oʻz xulqi va namunali mehnati bilan hurmat qozongan ishchi-xodimlarga televizorlar sovgʻa qilindi, samarali mehnat qilgan ishchi-xodimlar faxriy yorliqlar va tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar, pensionerlarga qimmatbaho sovgʻalar berildi.
Jamiyat filiallari ishchi-xodimlari, ularning oila aʼzolari va farzandlari, ishlamayotgan pensionerlar hamisha diqqat-eʼtiborda. Ular uchun sanatoriylar, dam olish uylari va bolalar oromgohlariga yoʻllanmalar muntazam ravishda ajratib kelinayotgani ana shu gʻamxoʻrlikning yaqqol namunasidir. Bunday yoʻllanmalar orqali bultur 35 nafar ishchi-xodim "Chortoq", "Botanika", "Zomin" sanatoriylariga dam olib, salomatligini mustahkamlab qaytdi.
Umumxalq va kasb bayramlari hamda turli sanalarda kam taʼminlangan, koʻp bolali va toʻliq boʻlmagan oilalar vakillari, shuningdek, ishlamaydigan pensionerlar muntazam ravishda yoʻqlanib, ularga oziq-ovqat toʻplamlari yetkazib berilayotgani ham ijtimoiy himoya yoʻnalishidagi tahsinga sazovor ishlardan biridir.
Biz filialimizda uzoq yillar ishlab, bugungi kunda keksalik gashtini surayotgan pensionerlarimizni ham unutmaymiz. Har bayramlarda ular salomatligi va holidan xabar olib, bayram sovgʻalari ulashib turamiz. Konchilar farzandlari ham doimiy eʼtiborda. Oʻtgan yilgi yoz mavsumida "Oʻzbekkoʻmir" AJga qarashli "Koinot" bolalarni sogʻlomlashtirish oromgohida filialimiz ishchi-xodimlarining 164 nafar farzandi mazmunli hordiq chiqarib qaytdi. Ularning 14 nafari Birlashgan kasaba uyushmasi qoʻmitasining mablagʻlari hisobidan bepul sogʻlomlashtirildi.
Filiallar ishchi-xodimlari moddiy va maʼnaviy tomondan qoʻllab-quvvatlab kelinmoqda. Oʻtgan 2022 yilda moddiy yordam soʻrab 108 nafar ishchi-xodim murojaat qildi. Komissiya xulosasiga koʻra, Birlashgan kasaba uyushmasi qoʻmitasi tomonidan 97 nafar ishchi-xodimga 56 million 215 ming soʻmlik turli xildagi moddiy yordamlar koʻrsatildi.
Boquvchisini yoʻqotgan, kam taʼminlangan va koʻp bolali ishchi-xodimlarga maktab yoshidagi bolalariga oʻquv qurollari olib berildi.
Jamoa shartnomasida tizimda mehnat qilayotgan yoshlar hamda ayollar alohida gʻamhoʻrlik ostiga olingan. Xususan, korxonamizda hech bir ayol ogʻir qoʻl mehnati bilan bajariladigan ishga jalb qilinmagan. Ular uchun shaxsiy gigiyena xonalari tashkil qilingan, 2 va undan ortiq voyaga yetmagan bolasi bor ayollarning mehnat taʼtiliga qoʻshimcha 3 kundan taʼtil berish ham jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan va bunday gʻhamhoʻrliklar amalga oshirilmoqda.
Nodira Gʻaniyeva,
"Oʻzbekkoʻmir" AJ "Angren koʻmir koni" filiali kasaba uyushma qoʻmitasi ish yurituvchisi
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

Yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitet ‒ asosiy vazifamiz!
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida diniy ekstremizm, radikalizm va aqidaparastlik kabi yot g‘oyalarga qarshi ma’naviy-ma’rifiy kurashish, sog‘lom fikrli avlodni t...
O'qish
Manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq holatlarni tartibga solish bo‘yicha yangi huquqiy asos yaratildi
2025-yil 30-iyun kuni Vazirlar Mahkamasining VMQ-400-son qarori qabul qilinib, Kon-geologiya vazirligi tizimiga kiruvchi ishlab chiqarish, konchilik va sanoat korxona...
O'qish
Milliy libos – millatning yuragidagi ehtirom
Har juma – o‘zligimizni tan olish kuni. Har juma – milliy iftixorni e’tirof etish kuni. Har juma – yurakdagi o‘zbeklik libosga aylanadigan kun. “O‘zbekk...
O'qish
Axborot xizmati maydonida ‒ ochiqlik va tajriba almashinuvi
Joriy yilning 30-iyun ‒ 2 iyul kunlari “Axborot xizmatlari faoliyati: ochiqlik, tezkorlik va xolislik bosh mezon” mavzusida V milliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Axb...
O'qish