Shvetsiyaning Hexagon kompaniyasining vakillari bilan uchrashuv o'tkkazildi
Nashr qilingan sana: 08.04.2026 16:03:54Joriy yilning 7-aprel Shvetsiyaning Hexagon kompaniyasining Qozog‘istondagi vakili Alim Smakov jamiyatda uchrashuv o‘tkazdi.
“O‘zbekko‘mir” AJ MDP binosida o‘tkazilgan taqdimotda jamiyat mutaxassislari hamda filiallar mexaniklari va mehnat xavfsizligi xodimlari ishtirok etdi.
Uchrashuvda tog‘-kon sanoati uchun mo‘ljallangan zamonaviy raqamli va innovatsion yechimlar, ishlab chiqarish jarayonlarini raqamlashtirish, transport-logistika tizimlarini takomillashtirish hamda xavfsizlikni oshirish masalalari muhokama qilindi.
Alim Smakov o‘z taqdimotida dispetcherlashtirish tizimi, texnikalar harakatini onlayn nazorat qilish, jarayonlarni tahlil qilish va samaradorlikni oshirish imkoniyatlari haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, transport vositalari uchun avtomatik marshrutlash, yuklash-tushirish jarayonlarini optimallashtirish tizimlari taqdim etildi.
Bundan tashqari, sanoat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan yechimlar — texnikalar o‘rtasida to‘qnashuvning oldini olish, piyodalarni aniqlash, tezlikni nazorat qilish hamda xavfli hududlarni monitoring qilish tizimlari haqida ham so‘z yuritildi.
Taqdimotda haydovchilar holatini nazorat qiluvchi tizim ham tanishtirilib, u sun’iy intellekt yordamida charchoq va diqqat pasayishini aniqlashi, xavfli vaziyatlarda ogohlantirish berishi qayd etildi.
Yakunda ushbu texnologiyalarni bosqichma-bosqich joriy etish va kelgusida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi.
Oxirgi yangiliklar:
Avtomobilga bog‘liq hayotdan chiqish vaqti keldi?
Odatdan siyosatga aylanayotgan o‘zgarish Bugun hayotimizni avtomobilsiz tasavvur qilish qiyin. Zamonaviy shahar hayoti, ishga yetib borish, xizmat ko‘rsatish va kundal...
O'qish
Ekologik xavfsizlik ustuvor vazifaga aylanmoqda
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-martdagi PF–46-son Farmoni bilan atmosfera havosi sifatini yaxshilashga qaratilgan “Toza havo” umummilliy loyihasi tas...
O'qish
Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha brifing o‘tkazildi
2026-yil 22-may kuni “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha brifing tashkil etildi. Unda Komplaens-nazorat va korrups...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJda korrupsiyaga qarshi ishlarga bag‘ishlangan brifing o‘tkaziladi.
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining amal qilishi to‘g‘risida” 2026-yil yanvar–aprel oylari yakunlariga bag‘ishlangan brifing...
O'qish