Sohibqiron tavallud kuniga bag‘ishlandi
Nashr qilingan sana: 09.04.2025 07:42:46
Bugun, 9 aprel – buyuk sarkarda va davlat arbobi, millatimiz faxri Amir Temur tavalludining 669 yilligi munosabati bilan yurtimizda keng ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda. Shu munosabat bilan “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida ham tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
“Qurilish-montaj ishlari” filialida o‘tkazilgan ushbu tadbirda jamiyat ijro apparati va turli filiallardan kelgan ishchi-xodimlar faol ishtirok etdi.
Tadbirni Jamiyat Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Anorbek Sultonov ochib, Amir Temur kabi buyuk ajdodlarimizning tavallud sanalarini nishonlash yosh avlodni ma’nan boyitishga, tarixdan saboq olib, kelajakni teran anglashga xizmat qilishini alohida ta’kidladi. U o‘z nutqida o‘zbek davlatchiligi tarixida Amir Temurning beqiyos o‘rni va roli haqida to‘xtalib o‘tdi.
Tadbirning yorqin daqiqalaridan biri ‒ Amir Temur obrazini kino va teatrda samarali yaratgan O‘zbekiston xalq artisti Tesha Mo‘minovning ishtirokida bo‘ldi. U sohibqironlarga xos o‘ktam ovozda, tarixiy monologlar, she’rlar va sahna asarlaridan parchalarni ijro etib, tadbir ishtirokchilarining qalbiga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Shuningdek, u o‘z nutqida o‘zbek xalqining azaliy qadriyatlari, vatanparvarlik va bugungi tinch hayot haqida samimiy fikrlarini bayon etdi.
Tadbir davomida vatanparvarlik ruhidagi va mavzuga oid qo‘shiqlar ijro etildi. Bu qo‘shiqlar yig‘ilganlarga ruhiy ozuqa bo‘lib, tadbirga alohida fayz bag‘ishladi.
Ma’lumot uchun, Amir Temur 1346 yilda Keshda (hozirgi Shahrisabzda) tug‘ilgan bo‘lib, nafaqat Markaziy Osiyo, balki jahon tarixida chuqur iz qoldirgan davlat arbobi va harbiy strateg hisoblanadi. U asos solgan Temuriylar sulolasi ilm-fan, madaniyat va davlat boshqaruvi sohalarida ulkan taraqqiyotga zamin yaratdi. Uning “Temur tuzuklari” asari hanuzgacha davlatchilikka oid muhim manba sifatida o‘rganiladi.
Bugungi kunda ham Amir Temur nomi nafaqat O‘zbekistonda, balki xalqaro miqyosda ham yuksak e’tiborga ega. Toshkent shahridagi Amir Temur haykali, Temuriylar tarixi muzeyi, jahon shaharlarida u haqida chop etilgan kitob va tadqiqotlar ‒ bu ulug‘ siymoning abadiy qadrini yana bir bor tasdiqlaydi.
Sohibqiron tavalludiga bag‘ishlangan ma’naviy tadbirlar millatning tarixiy xotirasini saqlash, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega.
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

“O‘zbekko‘mir” AJ Bosh direktori N.U. Dusmatovninhg bayram tabrigi
Hurmatli konchilar va ko‘mir sanoati faxriylari! Qadrli hamkasblar! Barchangizni kasb bayramingiz bilan samimiy tabriklayman. Mana, 2001 yildan buyon maml...
O'qish
Milliy liboslar bayramlarda ayniqsa yarashadi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida haftaning har jumasi ‒ “Milliy liboslar kuni” sifatida nishonlanmoqda. Bu galgi “Milliy liboslar” chellenji Konchilarni...
O'qish
Konchilar mehnati e’tirof etildi
18-may – O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni! Shu munosabat bilan 16-may kuni “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida kasb bayramiga bag...
O'qish
“Eng yaxshi ixtirochi” tanlovida ishtirok eting!
“O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktorining “Eng yaxshi ixtirochi” tanlovini tashkil etish to‘g‘risida” 145-sonli buyrug‘i qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezi...
O'qish