Aholiga ko‘mir yetkazib berishning yangi tartibi: tizimda qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?
Nashr qilingan sana: 14.09.2026 17:08:082026/2027-yillar kuz-qish mavsumida aholiga mahalliy ko‘mir yetkazib berish tizimida yangi tartib joriy etilmoqda. Yangi mexanizmga ko‘ra, aholiga ko‘mir mahsulotlarini yetkazib berish jarayonida xususiy tadbirkorlik sub’ektlari ham ishtirok etadi.
Yangi tartib iste’molchilar uchun ko‘mir mahsuloti, narxi va yetkazib beruvchini tanlash imkoniyatlarini kengaytirish, sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish hamda xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga qaratilgan.
Mazkur tizim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026 yil 30 iyuldagi 418-son qarori asosida amalga oshirilmoqda.
Yangi mexanizm doirasida ijtimoiy himoya reestriga kiritilgan oilalarga xarid qilingan har bir tonna ko‘mir uchun 300 ming so‘mdan, bir kalendar yilda jami 600 ming so‘mgacha kompensatsiya berilishi belgilangan.
Ko‘mir qachon va qaerdan sotiladi?
2026-yilda aholi ehtiyojlari uchun “O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan 1 mln 530 ming tonna mahalliy ko‘mir yetkazib berilishi rejalashtirilgan.
Ayni paytda mahsulotni hududlar kesimida taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Xususan, Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari aholisi ehtiyojlari uchun birja savdolariga chiqarilgan mahalliy ko‘mirning dastlabki partiyalari xususiy tadbirkorlar tomonidan xarid qilindi. Hozirda shartnoma rasmiylashtirish hamda ko‘mirni belgilangan hududlarga yetkazib berish ishlari amalga oshirilmoqda.
Ko‘mir tegishli omborlarga yetkazib berilgach, uning aholiga sotuvi tadbirkorlar tomonidan mycoal.uz elektron platformasi orqali tashkil etiladi.
Sotuv boshlanadigan sana, ombor manzili, mavjud ko‘mir miqdori va boshqa zarur ma’lumotlar mycoal.uz platformasida hududlar kesimida ochiq e’lon qilib boriladi.
Shu sababli aholidan ko‘mir sotuvi bilan bog‘liq ma’lumotlarni faqat rasmiy axborot manbalari va mycoal.uz platformasi orqali olish so‘raladi.
Ayni vaqtda hududlarda xonadonlar ro‘yxatini shakllantirish va aholi ehtiyojlarini aniqlash ishlari davom etmoqda. Xonadonlar ehtiyojini qisqa muddatlarda to‘liq shakllantirish ko‘mirni hududlarga samarali taqsimlash va aholiga o‘z vaqtida yetkazib berishning muhim sharti hisoblanadi.
“O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan aholi ehtiyojlari uchun tasdiqlangan balans doirasidagi mahalliy ko‘mirni belgilangan tartibda birja savdolariga chiqarish, savdolarda g‘olib bo‘lgan tadbirkorlarga o‘z vaqtida ortish va hududlarga yetkazib berish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.
Korxona aholiga ko‘mir yetkazib berish jarayonida ochiqlik, shaffoflik va tezkor axborot berish tamoyillariga amal qiladi hamda jarayonning borishi bo‘yicha jamoatchilikka muntazam ma’lumot taqdim etib boradi.
Ne’mat DUSHAYEV,
“O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktorining matbuot kotibi ‒ axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi
Jonli efir: https://www.youtube.com/live/uplLrWlOUi4?si=zJwJAjeq3i3MKIN4
Oxirgi yangiliklar:
Ochiqlik, shaffoflik va korrupsiyaga qarshi kurash: jamoatchilik so‘rovnoma
“ “O‘zbekko‘mir” AJ faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni yanada ta’minlash, ishlab chiqarilayotgan ko‘mir mahsulotlarining sifati, sohada bozor mexanizmlarining joriy...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ jamoasi – Toshkent xalqaro marafonida!
Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan “Toshkent xalqaro marafoni” yuqori saviyada tashkil etildi. Nufuzli xalqaro spor...
O'qish
Mustaqillik kubogida “O‘zbekko‘mir” AJ jamoasi yoshlari gʻoliblar safidan oʻrin egalladi
Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan vazirlik va idoralar oʻrtasida Mustaqillik kubogi tashkil etildi. Unda turli tashkilotlar xodimla...
O'qish