Bahorga oʻxshaysiz, aziz ayollar!
Nashr qilingan sana: 06.03.2023 07:25:21"Oʻzbekkoʻmir" aksiyadorlik jamiyatida 8 mart ‒ Xalqaro xotin-qizlar kuniga bagʻishlangan tantanali tadbir va bayram konserti oʻtkazildi.
Goʻzallik va Nafosat timsoli boʻlgan ayol misli bahorga oʻxshaydi. Oʻlkamiz uzra muattar sepini yoya boshlagan koʻklamning ilk kunlari aynan xotin-qizlar bayrami bilan boshlanishi ham bejiz emas. Ayoli bor oila ham, jamiyat ham qut-barakali, fayzli va tarovatlidir.
Davlatchiligimiz, azaliy urf-odatlarimiz va tariximizda ayollarga ehtirom ruhi saqlanib, hozirgi kunda ham bu anʼana izchil davom ettirilmoqda. Oʻzbekkoʻmir" aksiyadorlik jamiyatida faoliyat koʻrsatayotgan ming nafardan ziyod xotin-qizlar ham hamisha eʼzozda. Jamoa shartnomasida ham bu haqida alohida bandlar boʻlib, ularning huquq va manfaatlari belgilab qoʻyilgan.
Birlashgan kasaba uyushma qoʻmitasi raisi Abdunosir Qayumov tantanali tadbirni tabrik soʻzi bilan ochar ekan, bu haqida alohida mamnuniyat bilan toʻxtalib oʻtdi.
"Temir yoʻl transporti" filiali rahbari Yernat Kokenov va boshqalar ham tadbirda soʻz olib, jamiyat xotin-qizlarini muborakbod etdilar.
Bayram munosabati bilan "Oʻzbekkoʻmir" AJ va Birlashgan kasaba uyushmasi jamiyat tizimida mehnat qilib kelayotgan ayollarning 100 nafariga esdalik sovgʻasi ajratgan edi. Tadbirda ana shu sovgʻalar va gullar oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi.
Taniqli aktyor Sanjar Shodiyev ishtirokida namoyish qilingan bayram konserti tadbir qatnashchilariga koʻtarinki kayfiyati bagʻishladi.
Oxirgi yangiliklar:
Pensiya ta’minoti tizimidagi yangiliklar muhokama qilindi
“O‘zbekko‘mir” AJda pensiya ta’minoti tizimini isloh qilishga qaratilgan Prezident farmoni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi....
O'qish
Ko‘mir bor joyda tabiatga ham e’tibor bor
Bilamizki, bir tonna ko‘mir faqat energiya manbaigina emas. U tabiat oldidagi mas’uliyatni ham anglatadi. Uni qazib olish, saralash, tashish va saqlashning har bir b...
O'qish
Kuz-qish mavsumi: favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik kuchaytirilmoqda
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va energetika sohasi ob’ektlarining mavsumiy barqarorligini ta’minlash maqsadida...
O'qish
Ish jarayonida ham sportga hamisha vaqt topiladi
Korxonamizda xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, jismoniy faolligini oshirishi va sog‘lom turmush tarziga amal qilishi uchun barcha zarur sharoitlar y...
O'qish