Jamoa shartnomasi qanday bajarilmoqda?
Nashr qilingan sana: 10.03.2023 14:33:28Ayni kunlarda “Oʻzbekkoʻmir” AJ tizimidagi korxonalarda Jamoa shartnomasi bandalari bajarilishining 2022 yildagi yakunlari boʻyicha hisobot yigʻilishlari oʻtkazilmoqda.
Jamoa shartnomasi ish beruvchi bilan xodimlar oʻrtasidagi mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbga oid munosabatlarni tartibga soluvchi mahalliy normativ hujjat hisoblanadi. “Oʻzbekkoʻmir” AJda bunday hujjat 2020-2023 yillarga moʻljallab tuzilgan boʻlib, har yili amaldagi mehnat toʻgʻrisidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarga hamda mehnat jamoalari vakillarining takliflari asosida tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritib borilmoqda.
“Temir yoʻl transporti” filialida oʻtkazilgan hisobot yigʻilishida filial kasaba uyushma qoʻmitasi raisi Maxsud Sharipov 2022 yil davomida xodimlar huquq va manfaatlarini taʼminlashga qaratilgan Jamoa shartnomasi bajarilishi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar boʻyicha hisobot berdi.
Yigʻilishda korxona maʼmuriyati tomonidan ishchi-xodimlarning unumli ishlashi va mazmunli hordiq chiqarishi, salomatligini tiklash, ularni zarur ish quroli va himoya vositalari bilan taʼminlash boʻyicha qilinayotgan ishlar taʼkidlandi, ayni paytda maxsus ish kiymi va poyafzal, sut-qatiq, va transport taʼminotidagi kamchiliklar koʻrsatib oʻtildi.
Yigʻilishda mehnat qonunchiligi yangiliklari hamda ishlab chiqarishning xos xususiyatlaridan kelib chiqib Jamoa shartnomasi bandlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan qator takliflar berildi.
Jamiyat Birlashgan kasaba uyushma qoʻmitasi raisi A.Qayumov yigʻilishda soʻzga chiqdi.
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
Muhtojlar xolidan xabar olinmoqda
#Наврўз_йўқлови Yangilanish va yosharish faslining go‘zal bayramlaridan biri, milliy qadriyat va an’analarimizni o‘zida mujassam etgan Navro‘z bayrami munosabati...
O'qishShaxta usulida ko‘mir qazib olish koni va konchilar
Shaxta usulida ko‘mir qazib olish koni va konchilar "Глобус" журнали 18 март 2024 Қазиш ва қата ишлаш Hozirgi kunda “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati tarkibida 1...
O'qish“Ko‘mir sanoat – birodarlik jabhasi”
Владимир Кузнецов, генеральный директор АО «Узбекуголь» Ko‘mir yoqilg‘isi insoniyat tomonidan qadim zamonlardan beri ishlatib kelinadi. Uning ajoyib yonuvchan...
O'qish