Ko‘mir ta’minoti: fuqaro murojaati hal etildi
Nashr qilingan sana: 04.11.2025 17:54:53Hozirgi kunlarda havo sovishi sababli ko‘pchilik aholi ko‘mirga ehtiyoj sezmoqda. Tayloq tumani Do‘stlik MFYda istiqomat qiluvchi A. Xomidov mahalliy ko‘mir xarid qilish masalasida “O‘zbekko‘mir” AJga murojaat qilgan edi. Ushbu murojaat “Ko‘mir ta’minot” MChJ Samarqand viloyati filiali tomonidan ko‘rib chiqildi va fuqaro ko‘mir mahsuloti bilan ta’minlandi.
Filial rahbariyati tomonidan yo‘llangan javob xatida ma’lum qilinishicha, joriy 2025–2026-yillar kuz-qish mavsumi uchun Samarqand viloyati aholisini 166,6 ming tonna mahalliy ko‘mir bilan ta’minlash rejalashtirilgan. Jomboy ko‘mir ombori viloyatning Jomboy va Tayloq tumanlari aholisi uchun jami 20 ming tonna ko‘mir yoqilg‘isini yetkazib berishi belgilangan. Hozirgi kunda mahalliy ko‘mir yoqilg‘isi tarqatish ishlari jadal davom etmoqda va Jomboy ko‘mir omborida ko‘mir zaxirasi yetarli.
Yoqilg‘iga ehtiyojmand fuqarolar Mycoal.uz elektron platformasiga kiritilgan ariza orqali “Ko‘mir ta’minot” MChJ tasarrufidagi o‘zlariga yaqin hududiy ko‘mir omboriga murojaat qilib, tegishli ko‘mirni xarid qilishlari mumkin. Omborlarda sun’iy navbatlar yuzaga kelmasligi uchun mahalliy hokimliklar tomonidan tasdiqlangan mahallalar kesimidagi jadvalga qat’iy amal qilish so‘raladi.
“O‘zbekko‘mir” AJ Axborot xizmati
Oxirgi yangiliklar:
“O‘zbekko‘mir” xodimlari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xo...
O'qish
Konchilar spartakiadasi: kuch, mahorat va hamjihatlik
“O‘zbekko‘mir” AJda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bos...
O'qish
Korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik: yangi talablar
Joriy yilning 21-avgust kuni “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi. Markaziy dispetch...
O'qish
Ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar diqqatiga!
“O‘zbekko‘mir” AJning 2026-yil I yarim yillik faoliyati yakunlari va galdagi ustuvor vazifalari mavzusida matbuot anjumani o‘tkaziladi. Manzil: O‘zMTRK “Toshkent” tel...
O'qish