Konchilar sparatakiadasi
Nashr qilingan sana: 08.05.2023 05:57:12Xabar qilganimizdek, 2023-yil 5-may kuni Konchilik va metaalurgimya sanoati xodimlari kuni hamda "Oʻzbekkoʻmir" AJning 75 yilligia bagʻishlab, "Oʻzbekkoʻmir" AJ ijro apparati va filiallar oʻrtasida tashkil qilingan anʼanaviy konchilar spartakiadasi oʻtkazildi.
Spartakiadaning ochilish marosimida Birlashgan kasaba uyushma qoʻmitasi raisi Abdunosir Qayumov soʻzga chiqib, sport tadbiri ishtirokchilarini kasb bayrami hamda korxona yubileyi bilan tabrikladi va sport jamoalariga musobaqalarda muvaffaqiyat tiladilar. Har doimgidek futbol, voleybol, tennis, shaxmat-shashka boʻyicha kechgan bahslar qizgʻin va murosasiz boʻldi.
Sport yoʻriqchilari E.Yusupova, O.Safronova, I.Shoahmedova, Y.Shvetsov va boshqalardan iborat hakamlar hayʼati sport musobaqalarini bilan kuzatib bordilar. Natijalarga koʻra, umumjamoa hisobida birinchi sharafli oʻrin ATT filialiga, ikkinchi oʻrin Angren koʻmir koni, uchinchi oʻrin TYT filialiga nasib etdi.
Stol tennisi boʻyicha erkaklar oʻrtasida oʻtkazilgan musobaqada U.Absalamov (ATT) birinchi, R.Hamrayev (TYT) ikkinchi, I.Sultonov (TKUSZ)uchinchi oʻrinni egalladi. Tennischilar oʻrtasida, shubhasiz, A.Nejinskaya (SHUKQO) eng eqori koʻrsatkichni qayd etdi. Ikkinchi oʻrin I.Manaxova (TKUSZ), uchinchi oʻrin Q.Qosimova (GQE)ga nasib etdi.
Shashka boʻyicha erkaklar oʻrtasida tashkil etilgan aql jangida ham konchilar oʻz iqtidorlarini namoyish etishdi: V.Smokaus (TKUSZ) birinchi oʻrinni egalladi, A.Komilov (ATT) va U.Abduqahhorov (Angren koʻmir koni) ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni qoʻlga kiritdilar.Ayollarning koʻrsatkichlari ham yuqori boʻldi: uchta sovrin M.Oʻrinboyeva (ATT), SH.Toʻychiyeva (QMI) va N.Gʻaniyevaga (Angren koʻmir koni) nasib etdi. Erkak shaxmatchilar oʻrtasida quyidagi uchlik eng yaxshi deb topildi: A.Niyozov (Angren koʻmir koni), B.Odinayev (ATT), F.Mirxoldayev (QMI). Ayol shaxmatchilar quyidagi natijalarni koʻrsatdilar: sovrinli oʻrinlar N.Matayeva (Angren koʻmir koni), D.Yoʻldosheva (ATT) va Z.Mirzabekova (TYT)ga nasib etdi.
Voleybol boʻyicha erkaklar oʻrtasida SHUKQO, TKUSZ va TYT filiallari jamoalari, ayollar oʻrtasida GQE, ijro apparati va TYT filiali jamoalari eng yaxshi deb topildi. Birinchi oʻrinni qoʻlga kiritish uchun "Angren koʻmir koni" filiali futbolchilari barcha ustunliklarga ega boʻlgan boʻlsa, "Apartak" va "SHUKQO" filiallari jamoalari ularga biroz imkoniyatni boy berishdi.
Spartakiadaning barcha gʻolib va sovrindorlari diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.
Diana ANDREYEVA
Oxirgi yangiliklar:
27 TA XIZMAT AVTOMOBILI HARAKATLANMADI, 848 KUB METR GAZ TEJALDI
Bugungi kunda atrof-muhitni muhofaza qilish, atmosfera havosiga chiqarilayotgan zararli moddalar miqdorini kamaytirish va aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltiris...
O'qish
SPORT – SOG‘LOM JAMOA VA YUQORI NATIJALAR GAROVI
Bugungi kunda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Bu bejiz e...
O'qish
G‘OYANGIZ BORMI? UNDA TANLOVDA IShTIROK ETING!
Ko‘mir sanoati doimiy izlanish, yangilanish va innovatsion yondashuvlarni talab qiladigan sohalardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda ishlab chiqarish samaradorligini oshi...
O'qish
JAMOATCHILIK KENGASHI A’ZOLIGIGA OCHIQ TANLOV E’LON QILINADI
“O‘zbekko‘mir” AJ huzuridagi Jamoatchilik kengashi tarkibiga a’zolarni tanlash bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qiladi. ℹ️ Tanlov maqsadi: Jamiyat faoliyati ustidan jamoatchi...
O'qish