Manfaatlar to‘qnashuvi va maishiy korrupsiyaga qarshi seminar o‘tkazildi
Nashr qilingan sana: 07.11.2025 09:54:042025-yil 6-noyabr kuni “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatining “Temiryo‘l transporti” filialida O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-iyundagi “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonunining mazmun-mohiyati, korrupsiyaning ko‘rinishlari va uning kelib chiqish sabablari haqida tushunchalar berishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbir “Jamiyatda maishiy korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik – har bir xodimning ustuvor vazifasi bo‘lishi lozim” mavzusida tashkil etildi.
Seminarda manfaatlar to‘qnashuvining turlari, ularning oqibatlari, shuningdek korrupsiya tushunchasining mohiyati haqida batafsil ma’lumot berildi. Ta’kidlanishicha, korrupsiya faqat yirik siyosiy yoki iqtisodiy sohalarda emas, balki kundalik hayotda ham namoyon bo‘lishi mumkin.
Maishiy korrupsiya – fuqarolarning kundalik hayotida uchraydigan oddiy, “odatdagi” holatlar orqali korrupsiya madaniyatining shakllanishi va chuqurlashishiga sabab bo‘lishi aytib o‘tildi. Tadbir yakunida xodimlarga halollik, mas’uliyat va qonunga hurmat tamoyillariga qat’iy rioya etish zarurligi eslatib o‘tildi.
.jpg)
Oxirgi yangiliklar:
27 TA XIZMAT AVTOMOBILI HARAKATLANMADI, 848 KUB METR GAZ TEJALDI
Bugungi kunda atrof-muhitni muhofaza qilish, atmosfera havosiga chiqarilayotgan zararli moddalar miqdorini kamaytirish va aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltiris...
O'qish
SPORT – SOG‘LOM JAMOA VA YUQORI NATIJALAR GAROVI
Bugungi kunda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Bu bejiz e...
O'qish
G‘OYANGIZ BORMI? UNDA TANLOVDA IShTIROK ETING!
Ko‘mir sanoati doimiy izlanish, yangilanish va innovatsion yondashuvlarni talab qiladigan sohalardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda ishlab chiqarish samaradorligini oshi...
O'qish
JAMOATCHILIK KENGASHI A’ZOLIGIGA OCHIQ TANLOV E’LON QILINADI
“O‘zbekko‘mir” AJ huzuridagi Jamoatchilik kengashi tarkibiga a’zolarni tanlash bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qiladi. ℹ️ Tanlov maqsadi: Jamiyat faoliyati ustidan jamoatchi...
O'qish