“O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktori texnika universitetida uchrashuv o‘tkazdi
Nashr qilingan sana: 15.09.2026 16:11:42Joriy yilning 15-sentabr kuni “O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktori Nodirbek Dusmatov Toshkent davlat texnika universitetiga bordi.
Tashrif davomida universitet rahbariyati bilan “O‘zbekko‘mir” AJ va oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Xususan, ko‘mir sanoati uchun zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, ta’lim jarayoniga dual ta’lim shaklini joriy etish, shuningdek, talabalarni korxonaning ishlab chiqarish jarayonlariga jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuvda marksheyderlik ishi, konchilik va ko‘mir sanoati uchun zarur bo‘lgan boshqa mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlash, talabalar uchun amaliyot va stajirovkalarni tashkil etish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, tomonlar ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalar yo‘nalishidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar. Xususan, ko‘mir qazib chiqarish samaradorligini oshirish, zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish hamda soha uchun ilmiy-amaliy ishlanmalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida kadrlar tayyorlash, dual ta’lim, ishlab chiqarish amaliyoti hamda ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.
.jpg)
.jpg)
Oxirgi yangiliklar:
Aholiga ko‘mir yetkazib berishning yangi tartibi: tizimda qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?
2026/2027-yillar kuz-qish mavsumida aholiga mahalliy ko‘mir yetkazib berish tizimida yangi tartib joriy etilmoqda. Yangi mexanizmga ko‘ra, aholiga ko‘mir mahsulotlar...
O'qish
Ochiqlik, shaffoflik va korrupsiyaga qarshi kurash: jamoatchilik so‘rovnoma
“ “O‘zbekko‘mir” AJ faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni yanada ta’minlash, ishlab chiqarilayotgan ko‘mir mahsulotlarining sifati, sohada bozor mexanizmlarining joriy...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ jamoasi – Toshkent xalqaro marafonida!
Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan “Toshkent xalqaro marafoni” yuqori saviyada tashkil etildi. Nufuzli xalqaro spor...
O'qish