Shaxta kon texnikasi ustalari
Nashr qilingan sana: 03.10.2024 01:46:40#Filiallar_hayoti
“Shaxta usulida ko‘mir qazib olish” (ShUKQO) filialida yer osti mashina-mexanizmlari va konveyer qurilmalarini yig‘ish hamda ta’mirlash ishlari asosan yer ustida amalga oshiriladi.

– Ko‘mir shaxtasida ishlayotgan konchilar tokar, payvandchi, mexanik, elektromontyor kabi mutaxassislar ko‘magiga doimo muhtoj bo‘ladi, – deydi korxona bosh muhandisi Jamol Alimqulov. – Negaki, bitta oddiy murvat ishdan chiqsa ham konveyer tizimlari anchagacha to‘xtab qolishi mumkin. Shu boisdan ham ustalarimiz va ustaxonamiz tunu kun ishlab chiqarishdagi har qanday nosozliklarni o‘z vaqtida bartaraf etib bormoqdalar.
Yigirma yetti yildan buyon o‘zining sevimli stanogi yonidan ketmagan tokar Rasul Alimjonov kon ehtiyojlari uchun har kuni ehtiyot qismlarga buyurtmalar oladi. Uning assortimentida bir necha o‘nlab turli ehtiyot qismlar va butlovchi qismlar mavjud. Bu qismlarni tashqaridan buyurtma qilishning hojati yo‘q: Rasul aka ularni o‘z qo‘llari bilan yaratadi va buni mukammal qiladi.
Tog‘-kon texnikasini ta’mirlash ustasi G‘afur Eshboev ham mohir mutaxassislardan bo‘lib, u 25 yillik ish stajiga ega. Mexanizator Usmon Matmusaev esa 32 yildan buyon shaxtada ishlab kelmoqda. U avval avval zaboy ishchisi bo‘lgan. Uchastka boshlig‘i Bobur Mayusupovni shaxtada ishlayotganiga chorak asrdan oshdi. Ularning har biri o‘z korxonasi haqida yaxshi so‘z aytadi, chunki bu shaxta ularning ikkinchi uyiga aylanib ulgurgan. Kon ustaxonalarida mehnat qilgan ustalar bir necha avlod yosh ta’mirchilarga kasb sirlarini o‘rgatdi. Ularning g‘amho‘rligi ostida Hikmat Muhiddinov, Davron Qo‘ziev, Daniil Tenga va boshqa ko‘plab yosh mutaxassislar qisqa muddat ichida kasb sirlarini mukammal o‘rganib oldilar.

– Jamoamizda Gulbahor va Gulnora Abdullaevalar, Mehri Shodieva singari o‘nga yaqin xotin-qiz mehnat qiladi. Ular yuk ko‘tarish moslamalari, shamollatish operatorlari va shunga o‘xshash vazifalarni bajarishadi, – deya qo‘shimcha qildi yuk ko‘tarish uchastkasi boshlig‘i Muxtor Parpiev. –Ular bizga yaqinda kelgan ikki yosh qizga ish ham o‘rgatishmoqda.
Ko‘mir shaxtasining maksimal chuqurligi 125 metrni tashkil etadi va konchilar yoki yuklar lift orqali belgilangan joyga yetib borishida bu xodimalarning xizmati katta. Shuningdek, Halima Hoshimova, Marhamat Hamzaeva, Umida Berdieva kabi shamollatish agregatlari operatorlari shaxta o‘tish joylarini kechayu kunduz toza havo bilan ta’minlab kelmoqdalar.
Diana ANDREYEVA



Oxirgi yangiliklar:
“Mening kelajakdagi kasbim”: bitiruvçi yoşlar bilan uçraşuv ötkazildi
Davlatimiz rahbarining joriy yil 24-fevral kuni yoşlar bilan ötkazgan oçiq muloqotida belgilangan vazifalar va ilgari surilgan taşabbuslar ijrosini taʼminlaş maqsadida da...
O'qish
Barqaror rivojlaniş sari muhim qadam: “O‘zbekko‘mir” AJ ilk ESG hisobotini taqdim etdi
Bugun korxona faoliyatiga baho berişda faqat qança mahsulot işlab çiqarilgani yoki qança daromad olingani bilan çeklanilmaydi. Işlab çiqariş jarayonining atrof-muhitga ta...
O'qish
Oçiqlik − hisobdorlik va jamoat işonçi asosi
9 dekabr − Xalqaro korrupsiyaga qarşi kuraşiş kuni. Uşbu sana korrupsiyaning oldini olişda oçiqlik, şaffoflik va jamoatçilik nazoratining ahamiyatini yana bir bor eslatad...
O'qish
"O‘zbekko‘mir" AJning faol yoshlari Oliy Majlis faoliyati bilan tanishdilar
"O‘zbekko‘mir" AJning faol yoshlari Oliy Majlis faoliyati bilan tanishdilar "O‘zbekko‘mir" AJning bir guruh faol yoshlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga...
O'qish