Soxta kasallik varaqasi jiddiy huquqiy oqibatlarga olib keladi
Nashr qilingan sana: 21.05.2026 13:31:58
Ish jarayonida har bir xodimda turli sabablarga ko‘ra ishdan vaqtincha uzilish yoki qo‘shimcha dam olishga ehtiyoj tug‘ilishi mumkin. Bunday holatlar ko‘pincha shaxsiy ishlar, salomatlik holati yoki boshqa obyektiv omillar bilan bog‘liq bo‘ladi. Mehnat qonunchiligi esa bu kabi vaziyatlarni tartibga solish uchun aniq huquqiy mexanizmlarni belgilab qo‘ygan.
Xususan, amaldagi tartiblarga muvofiq ta’til olish, vaqtincha mehnatga layoqatsizlikni rasmiylashtirish yoki boshqa qonuniy asoslarda ishdan ozod etilish xodimning huquqi hisoblanadi. Bu esa bir vaqtning o‘zida ham xodim manfaatini, ham ish beruvchi intizomi va ishlab chiqarish jarayonining barqarorligini ta’minlaydi.
Biroq amaliyotda ayrim hollarda eng jiddiy mehnat huquqbuzarliklaridan biri — soxta kasallik varaqasi (mehnatga layoqatsizlik varaqasini qalbakilashtirish yoki noqonuniy ravishda undan foydalanish) holatlari uchrab turadi. Mazkur holat nafaqat mehnat intizomiga zid, balki korxona va tashkilotlarda ishonch muhitiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Soxta kasallik varaqasi deganda tibbiy muassasa tomonidan rasmiy tarzda berilmagan, qalbakilashtirilgan yoki asossiz ravishda olingan hujjat tushuniladi. Bunday hujjatdan foydalanish yoki uni taqdim etish orqali ish joyida uzrli sabab sifatida ko‘rsatishga urinish qonuniy javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin.
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, soxta hujjatlardan foydalanish holatlari tegishli tartibda huquqiy baholanadi va Jinoyat kodeksining tegishli moddalari doirasida ko‘rib chiqilishi mumkin. Agar bunday hujjat asosida ish haqi yoki boshqa moddiy to‘lovlar olingan bo‘lsa, bu holat firibgarlik alomatlari sifatida ham malakalanishi ehtimoldan xoli emas.
Bunday qoidabuzarliklar aniqlanganda xodimga nisbatan intizomiy choralar qo‘llanilishi, mehnat shartnomasining bekor qilinishi, shuningdek ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilish kabi og‘ir oqibatlar yuzaga kelishi mumkin.
Shu bois, ishdan vaqtincha uzilish yoki qo‘shimcha dam olish zarurati tug‘ilganda faqat qonuniy asoslar va rasmiy tartiblarga qat’iy rioya etish talab etiladi.
Madina UMAROVA,
Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari
Oxirgi yangiliklar:
“O‘zbekko‘mir” AJ quyidagi xaridlar bo‘yicha tanlovlar e’lon qiladi
E’LON | XARID LOTLARI “O‘zbekko‘mir” AJ xt-xarid.uz elektron platformasining “Eng maqbul takliflarni tanlash” ilovasi orqali jamiyat ehtiyojlari uchun quyidagi xaridla...
O'qish
Alifbodagi islohot: raqamli kelajak sari yana bir qadam
Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirishga oid qonun loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, Senatga yuborildi. Endi hujjat Senat...
O'qish
“Koinot” oromgohida har bir kun mazmunli va qiziqarli o‘tmoqda
Toshkent viloyati Ohangaron tumanida joylashgan, “O‘zbekko‘mir” AJ tasarrufidagi “Koinot” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida yozgi dam olish mavsumi mazmunli tadbir...
O'qish
Angren konchilari mehnati jahon media maydonida
Har qanday korxona va tashkilotning jahon media maydoniga chiqishi uning nufuzi, ochiqligi va xalqaro imijini mustahkamlashga xizmat qiladi. “O‘zbekko‘mir” aksiyadorl...
O'qish