Joriy yilda koʻmir korxonalarini toʻliq taʼminlash uchun yetarli miqdorda ehtiyot qismlar ishlab chiqarildimi?
Nashr qilingan sana: 02.12.2022 08:53:17Bugungi kunda "Oʻzbekkoʻmir" aksiyadorlik jamiyatida 11 ta tarkibiy boʻlinma faoliyat koʻrsatadi. "Togʻ-kon uskunalarini taʼmirlash zavodi" filiali ulardan biridir.
Ushbu zavodining tarmoqdagi boshqa korxonalar uchun ahamiyati nimada? 2022 yilda koʻmir korxonalarini toʻliq taʼminlash uchun yetarli miqdorda ehtiyot qismlar ishlab chiqarildimi?
Mazkur savollar bilan "Oʻzbekkoʻmir" AJ "Togʻ-kon uskunalarini taʼmirlash zavodi" filiali direktori Marajab Tursunovga yuzlandik.
– Zavod uzoq oʻzining tarixiy davrini bosib oʻtgan, – dedi M. Tursunov. – Hozirgi zavod 1985 yilda ishga tushirilgan. 1994 yilda Togʻ-kon va transport uskunalarini taʼmirlash zavodiga aylantirildi.
Korxona kapital qurilish buyurtmalariga muvofiq ekskavator parkini oʻrnatish, eskirgan uskunalarni yangilash hamda ehtiyot qismlarini ishlab chiqarish va togʻ-kon uskunalarini kapital taʼmirlash bilan shugʻullanadi.
Shuningdek, elektr mashinalari va generatorlar, dizel va elektrovozlar, oʻzi tushiruvchi samosval kuzovlari, konveyer qurilmalarida joriy taʼmirlash ishlari amalga oshirilib, nostandart uskunalar tayyorlanmoqda.
Joriy yilning 9 oyi natijalariga koʻra, ishlab chiqarish, sanoat xarakteridagi ish va xizmatlar hajmi 120,6 foizga bajarildi. Jumladan, asosiy faoliyat 107,6 foiz, kapital qurilish 334 foiz, uchinchi tomon tashkilotlari 38,9 foizni tashkil etdi.
Asosiy faoliyat nomenklaturasi koʻrsatkichiga asosan ehtiyot qismlar, nostandart uskunalar ishlab chiqarish 82,20 foiz, togʻ-kon uskunalari, shaxta uskunalari, elektr jihozlarini taʼmirlash 110,40 foiz, kislorod ishlab chiqarish 36,50 foizdir.
Kapital qurilish hajmi haqida toʻxtaladigan boʻlsak, asosiy kon uskunalarini oʻrnatish, taʼmirlash, ishlab chiqarish va sozlash 300 foizdan ortiq, mahsulot ishlab chiqarish va sotish rejasi 101 foizga uddalandi.
Albatta, bizning asosiy maqsadimiz isteʼmolchilarga koʻmir qazib chiqarish va uni yetkazib berishda togʻ-kon va transport uskunalari bilan "Oʻzbekkoʻmir" aksiyadorlik jamiyati tizim korxonalarini oʻz vaqtida taʼminlashdir.
Nasiba ZIYODULLAYEVA yozib oldi, OʻzA
Oxirgi yangiliklar:
Pensiya ta’minoti tizimidagi yangiliklar muhokama qilindi
“O‘zbekko‘mir” AJda pensiya ta’minoti tizimini isloh qilishga qaratilgan Prezident farmoni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi....
O'qish
Ko‘mir bor joyda tabiatga ham e’tibor bor
Bilamizki, bir tonna ko‘mir faqat energiya manbaigina emas. U tabiat oldidagi mas’uliyatni ham anglatadi. Uni qazib olish, saralash, tashish va saqlashning har bir b...
O'qish
Kuz-qish mavsumi: favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik kuchaytirilmoqda
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va energetika sohasi ob’ektlarining mavsumiy barqarorligini ta’minlash maqsadida...
O'qish
Ish jarayonida ham sportga hamisha vaqt topiladi
Korxonamizda xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, jismoniy faolligini oshirishi va sog‘lom turmush tarziga amal qilishi uchun barcha zarur sharoitlar y...
O'qish