Energetik (“Kapital qurilish montaj, ta’minot va ijtimoiy soha” filiali)

Energetik (“Kapital qurilish montaj, ta’minot va ijtimoiy soha” filiali)

​​​​​​​

Kasb

Energetik

Ishjoyi

“O’zbekko’mir”  AJ “Kapital qurilish montaj, ta’minot  va ijtimoiy soha” filiali

Oklad

3 030 318

Yoshi

24

Dan

60

gacha

Ma’lumoti

Yo‘nalish bo‘yicha oliy texnik ma’lumot:

Qo‘shimcha kvalifikatsiya

 

Ish tajribasi (staj)

Mutaxasisligi bo‘yicha ish tajribasi kamida 3 yil

Bilishi kerak

  •      Yuqori turuvchi organlarning energetika uskunalari va kommunikatsiyalaridan foydalanish bo‘yicha qarorlari, farmoyishlari, buyruqlari, uslubiy, me’yoriy va boshqa rahbarlik hujjatlari.
  • Energetika xizmatini tashkil etish tartibi.
  • Korxona va sexning texnik rivojlanish istiqbollari.
  • Energetika uskunalari va qurilmalarining texnik tavsiflari, konstruktiv xususiyatlari, ish rejimlari hamda ulardan texnik foydalanish qoidalari.
  • Rejali-ogohlantiruvchi ta’mirlashning yagona tizimi.
  • Ta’mirlash ishlarini tashkil etish va bajarish texnologiyasi.
  • Uskunalarni ta’mirlashga topshirish va ta’mirdan keyin qabul qilib olish qoidalari.
  • Mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasining asoslari.
  • Uskunalardan foydalanish va ularni ta’mirlash bo‘yicha mamlakatimizdagi hamda xorijdagi ilg‘or tajribalar.
  • Iqtisodiyot, ishlab chiqarishni tashkil etish, mehnatni tashkil qilish va boshqaruv asoslari.
  • Mehnat qonunchiligi asoslari.
  • Mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi va yong‘in xavfsizligi me’yorlari.

 

 

Ishning tavsifi

  •      Sexning energetika uskunalari, elektr va issiqlik tarmoqlari, havo quvurlari hamda gaz quvurlarining uzluksiz ishlashini, ulardan to‘g‘ri foydalanishni, ta’mirlashni va modernizatsiya qilishni ta’minlaydi.
  • Elektr, issiqlik va energiyaning boshqa turlariga bo‘lgan ehtiyojni hisob-kitob qiladi.
  • Energetika uskunalarini ko‘rikdan o‘tkazish, tekshirish va ta’mirlash bo‘yicha kalendar rejalar (jadvallar), shuningdek, ularni ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan ta’mirlash uchun buyurtmalar tayyorlashni tashkil etadi.
  • Energetika uskunalarining ishlash sharoitlarini o‘rganadi, ularning muddatidan oldin eskirish sabablarini aniqlaydi hamda o‘rnatilgan energetika, elektr va atrof-muhitni muhofaza qilish qurilmalarini pasportlashtirish ishlarini amalga oshiradi.
  • Energetika uskunalari va elektr tarmoqlaridan foydalanish, ularga texnik xizmat ko‘rsatish hamda ularni nazorat qilish bo‘yicha yo‘riqnomalarga rioya etilishini nazorat qiladi, avariyalar sabablarini tekshirishda ishtirok etadi.
  • Energetika uskunalarining mavjudligi, avariyalar hamda sex tomonidan energiyaning barcha turlari sarfi hisobini yuritishni tashkil etadi.
  • Energetik qurilmalar va tarmoqlardan foydalanish hamda ularni ta’mirlash vaqtida mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilishini ta’minlaydi.
  • Energetika uskunalaridan foydalanish, ularga texnik xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash bilan shug‘ullanuvchi xodimlarga rahbarlik qiladi.

 

Ish rejimi

08:00-17:00; haftalik 5 ish kuni

Maxsus va qo'shimcha shartlar

-

Talab etiladigan hujjatlar

Passport yoki ID karta, diplom, mehnat daftarichasi  yoki uni o’rnini bosuvchi hujjat, ma’lumotnoma (obyektivka)

Uzbekcoal.uz yangiliklariiga obuna bo'ling