Loyiha bosh muhandis (tog‘-kon ishlari bo‘yicha) (“Kapital qurilish montaj, ta’minot va ijtimoiy soha” filiali)

Loyiha bosh muhandis (tog‘-kon ishlari bo‘yicha) (“Kapital qurilish montaj, ta’minot va ijtimoiy soha” filiali)

​​​​​​​

Kasb

Loyiha bosh muhandisi (tog‘ kon ishlari bo‘yicha)

Ishjoyi

“O’zbekko’mir”  AJ “Kapital qurilish montaj, ta’minot  va ijtimoiy soha” filiali

Oklad

3 088 530

Yoshi

24

Dan

60

gacha

Ma’lumoti

Oliy kasbiy, muhandislik-texnik yoki arxitektura-qurilish sohasida oliy ma’lumot.

Qo’shimcha kvalifikatsiya

 

Ish tajribasi (staj)

Tegishli bilim sohasi bo‘yicha loyihalash ishlarida kamida 5 yillik ish stajiga ega bo‘lishi, o‘ta yirik va murakkab obyektlarni loyihalashda esa kamida 10 yillik ish stajiga ega bo‘lishi lozim.

Bilishi kerak

  1.     
    • Iqtisodiyotning tegishli tarmog‘i, fan va texnikaning rivojlanish istiqbollari.
    • Loyihalash usullari.
    • Loyihalash va muhandislik-qidiruv ishlarini tashkil etish, rejalashtirish va iqtisodiyoti.
    • Loyihalash va qurilish sohasidagi mamlakatimiz hamda xorijiy ilg‘or tajribalar.
    • Obyektlarni loyihalash, qurish va ulardan foydalanish bo‘yicha yuqori turuvchi organlarning qarorlari, farmoyishlari, buyruqlari, rahbarlik, uslubiy va me’yoriy hujjatlari.
    • Loyihalanayotgan obyektlarga qo‘yiladigan texnik, iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy talablar.
    • Turli maqsadlardagi obyektlarni loyihalashda mehnatni tashkil etish talablari, qurilish me’yorlari va qoidalari.
    • Loyihalashning zamonaviy texnik vositalari, ulardan amaliy foydalanish hamda hisoblash ishlarini bajarish usullari.
    • Loyiha-smeta va boshqa texnik hujjatlarni ishlab chiqish hamda rasmiylashtirish bo‘yicha standartlar, texnik shartlar va boshqa me’yoriy hujjatlar.
    • Qurilish iqtisodiyoti va uni tashkil etish asoslari.
    • Mualliflik huquqi, dizayn masalalari va loyihalash ishlarini avtomatlashtirish vositalari.
    • Mehnatni muhofaza qilish, ishlab chiqarish sanitariyasi va yong‘in xavfsizligi qoidalari hamda me’yorlari.
  •  

Ishning tavsifi

  1.     
    • Obyektni loyihalash jarayonida loyiha-qidiruv ishlariga texnik rahbarlik qiladi, uning qurilishi, ishga tushirilishi va loyihaviy quvvatlarning o‘zlashtirilishi ustidan mualliflik nazoratini amalga oshiradi.
    • Loyihalashtirilayotgan obyektlarning yuqori texnik-iqtisodiy darajasini ta’minlaydi.
    • Loyiha-smeta hujjatlarining sifatini oshirish, obyektlarni qurishda moddiy resurslar sarfini kamaytirish hamda ulardan foydalanish xarajatlarini qisqartirishga qaratilgan choralarni ko‘radi.
    • Qurilish maydonchalari va trassalarini tanlash bo‘yicha komissiyalar ishida, loyihalash topshiriqlarini tayyorlashda hamda loyiha-smeta va boshqa texnik hujjatlarni ishlab chiqish uchun muhandislik tekshiruvlarini tashkil etishda ishtirok etadi.
    • O‘ziga biriktirilgan obyektlar bo‘yicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqishni tashkil etadi, loyiha, konstruktorlik va texnologik ishlarni bajarishning kompleks reja-jadvallarini tuzishda ishtirok etadi.
    • Loyiha ishlab chiquvchilar tarkibi bo‘yicha takliflar tayyorlaydi, ular o‘rtasida loyiha bo‘limlari va qismlari bo‘yicha vazifalarni, ish hajmlari hamda qiymatini taqsimlaydi.
    • Hujjatlarni ishlab chiqish va obyektni qurish jarayonida yuzaga keladigan masalalarni hal qiladi.
    • Qabul qilinayotgan loyiha, shaharsozlik, arxitektura va rejalashtirish yechimlarining texnik darajasini, loyiha-qidiruv ishlariga ajratilgan mablag‘larning tejamkor sarflanishini hamda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish muddatlarini nazorat qiladi.
    • Ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlarining davlat standartlari, me’yorlar, qoidalar va yo‘riqnomalarga muvofiqligini ta’minlaydi.
    • Loyihani yuqori turuvchi tashkilotlar va ekspertiza organlarida himoya qiladi, loyiha ekspertizasida ishtirok etadi.
    • Loyiha-smeta va boshqa texnik hujjatlarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek, tasdiqlangan smetalar bo‘yicha xarajatlar hisobini yuritish ishlarini tashkil etadi.
    • Qurilishning haqiqiy holatini va yangi me’yoriy hujjatlarning joriy etilishini hisobga olgan holda, ishchi hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha loyiha tashkiloti rahbariyati va buyurtmachiga takliflar tayyorlaydi.
    • Amaldagi me’yorlar, qoidalar va yo‘riqnomalardan asoslangan chetga chiqishlarni davlat nazorati organlari hamda tegishli hujjatlarni tasdiqlagan boshqa tashkilotlar bilan kelishadi.
  •  

Ish rejimi

08:00-17:00; haftalik 5 ish kuni

Maxsus va qo'shimcha shartlar

-

Talab etiladigan hujjatlar

Passport yoki ID karta, diplom, mehnat daftarichasi  yoki uni o’rnini bosuvchi hujjat, ma’lumotnoma (obyektivka)

Uzbekcoal.uz yangiliklariiga obuna bo'ling