Ishlab chiqarish xizmati boshlig‘i (“Transport” filiali)

Ishlab chiqarish xizmati boshlig‘i (“Transport” filiali)

Kasb

Ishlab chiqarish xizmati boshlig‘i

Ish joyi

«O’zbekko’mir» AJ “Transport” filiali (Ishlab chiqarish xizmati)

Oklad

3 088 530 so‘m (10-разряд)

Yoshi

25

dan

60

gacha

Ma’lumoti

Oliy 

Qo‘shimcha kvalifikatsiya

 

Ish tajribasi (staj)

Mutaxassisligi bo`ycha 3 yil

Bilishi kerak

Ishlab chiqarish xizmati boshlig'i o'z faoliyatida quyidagilarni bilishi va  amal qilishi lozim:
O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi;
O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi;
 O'zbekiston Respublikasining "Temir yo'l transporti to'g'risida"gi qonuni;
 O'zbekiston Respublikasi temir yo'llaridan texnik foydalanish qoidalari;
Poezdlar harakati va manyovr ishlari bo'yicha ko'rsatmalar;
Temir yo'l transportida signalizatsiya bo'yicha ko'rsatmalar;
Mehnatni muhofaza qilish, sanoat, yong'in va ekologik xavfsizlik bo'yicha me'yoriy hujjatlar;

«O'zbekko'mir» AJ buyruqlari, ko'rsatmalari va mahalliy qoidalari

Ishning tavsifi

Ishlab chiqarish xizmati ishini tashkil etish va temir yo'l transporti faoliyatiniini tezkor boshqarishni ta'minlash. Tog' jinslari, yer ustki qatlamlari, ko'mir va boshqa yuklarni tashish bo'yicha ishlab chiqarish ko'rsatkichlarining bajarilishini ta'minlash. Poyezdlar harakati jadvali, texnologik jarayonlar va ishlab chiqarish rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkil etish. . Temir yo'l ekspluatatsiyasi qoidalari, poyezdlar harakati va manyovr jarayonlari bo'yicha ko'rsatmalar, signalizatsiya ko'rsatmalari va boshqa me'yoriy hujjatlar talablariga rioya qilinishini ta'minlash. Temir yo'l transportining xavfsiz ishlashini tashkil qilish va poyezdlar harakati xavfsizligini ta'minlash. Xizmat ko'rsatuvchi xodimlarga smena topshiriqlari va ish buyruqlarini berishni tashkil qilish.
Poyezdlar harakati, texnik, dispetcherlik va boshqa ishlab chiqarish hujjatlarining yuritilishini nazorat qilish. Ishlab chiqarish xizmati xodimlari tomonidan ishlarni tashkil qilish va bajarish paytida so`zlashuv vositalaridan foydalanish (so`zlashuv reglamenti) qoidalariga rioya qilinishini nazorat qilish.  Ishonchli operativ, statistik va ishlab chiqarish hisobotlarini tayyorlashni tashkil qilish.
Xizmat ko'rsatish ko'rsatkichlarini, vagon, lokomotiv va uskunalarning ishlamay qolish sabablarini tahlil qilish va unumsiz yo'qotishlarni kamaytirish choralarini ishlab chiqish.

Ish rejimi

8-00 dan 17-00 gacha  5 kunli ish haftasi

Talab etiladigan hujjatlar

  Pasport,diplom,mehnat daftarchasi,xarbiy guvoxnoma,rasm,ma’lumotnoma( ob’ektivka) BARCHA HUJJATLAR "jpeg" YOKI "pdf" FORMATIDA YUKLANISHI LOZIM.

Umumiy vakansiya uchun ariza berish





Ilova qilinadigan hujjatlar (obyektivka, pasport, diplom, guvohnoma, sertifikatlar va boshqa zarur hujjatlar)





Uzbekcoal.uz yangiliklariiga obuna bo'ling