9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bagʻishlangan aksilkorrupsiya oyligi doirasida Koson tumani hokimiligi majlislar zalida davra suhbati oʻtkazildi.
Nashr qilingan sana: 22.11.2023 07:29:319 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bagʻishlangan aksilkorrupsiya oyligi doirasida Koson tumani hokimiligi majlislar zalida davra suhbati oʻtkazildi.
“Oʻzbekkoʻmir” AJ Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati rahbari E.E.Amanov boshqarib borgan uchrashuvda Qashqadaryo viloyati prokurori yordamchisi Muxammadrasul Karimov, Koson tumani prokuraturasi vakili, MFY raislari hududiy filialning ombor mudirlari hamda ishchi guruh aʼzolari qatnashdi. Korrupsiyani oldini olish boʻyicha tushuntirishlar oʻtkazildi.
Soʻnggi haftalarda “Oʻzbekkoʻmir” AJga qarashli “Koʻmir taʼminot” MCHJ masʼul xodimlari tomonidan aholi va ijtimoiy soha obyektlari uchun berilishi lozim boʻlgan koʻmir mahsulotlarini talon-taroj qilish holatlarini huquq-tartibot organlari tadbirlari natijasida oshkor etildi va ularga nisbatan amaldagi qonun talablari asosida javobgarlikka tortildi. Yigʻilishda shu masala atroflicha muhokama etildi.
Aholining koʻmir mahsulotlarini oʻz vaqtida arzon narxlarda xarid qila olmasligi va narxlarning sunʼiy oshirib yuborilishi asosli eʼtirozlarga sabab boʻlayotganligi, filial va ombor masʼul xodimlari tomonidan korrupsiya holatlarini keltirib chiqaruvchi omillar yetarli oʻrganmaganligi, koʻrgazmali targʻibot vositalari ham javob bermasligi, korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha tadbirlar yetarli olib borilmayotganligi yigʻilishda qattiq tanqid qilindi.
Filiallar rahbarlari va omborlar masʼul xodimlari koʻmir ombori masʼul xodimlari bilan tuzilgan mehnat shartnomasiga korrupsiyaga qarshi kurashga oid "Qoʻshimcha kelishuv" bandlari kiritilgan. Yigʻilishda ana shu bandlar mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi, aholiga moʻljallangan koʻmirni talon-taroj qilish, sunʼiy oshirilgan narxda sotish qonuniy javobgarlikka sabab boʻlishi haqida hududiy filial rahbari va omborlar mudirlari jiddiy ogohlantirildi, ulardan korrupsion holatlarga yoʻl qoʻymaslik haqida kafolat xatlari olindi.
Oxirgi yangiliklar:
“O‘ZBЕKKO‘MIR” AJ: KO‘MIR QAZIB CHIQARISHDA BARQAROR NATIJALAR VA YANGI VAZIFALAR
“O‘ZBЕKKO‘MIR” AJ: KO‘MIR QAZIB CHIQARISHDA BARQAROR NATIJALAR VA YANGI VAZIFALAR “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida 2026 yil birinchi yarim yilligi yakunlariga ba...
O'qish
Onlayn muloqot oʻtkaziladi
📣Diqqat, e'lon! Joriy yilning 26-avgust kuni, soat 12:00 "O‘zbekko‘mir" AJda sohada amalga oshirilayotgan ishlar hamda fuqarolarning murojaatlarini tingl...
O'qish
Korrupsiyaga qarshi yangi qoidalar: endi nimalarga e’tibor berish kerak?
Xabaringiz bor, korrupsiyaga qarshi kurashishda talablar yanada kuchaytirildi. 2026-yil 22-iyunda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga korrupsiyaga qars...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” xodimlari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xo...
O'qish