Aholiga ko‘mir yetkazib berishni jadallashtirish choralari ko‘rildi
Nashr qilingan sana: 04.10.2024 03:12:21Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan Transport prokuraturasi tomonidan “O‘zbekko‘mir” AJda amalga oshirilayotgan ishlar ahvoli o‘rganildi.
Transport prokurori I.Narimov boshchiligidagi jarayonda “O‘zbekko‘mir” AJ, “Ko‘mir ta’minot” MChJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, Transport departamenti va boshqa mutasaddi mas’ul xodimlar ishtirokida mavjud muammolar aniqlanib, kuz-qish mavsumi uchun ko‘mir yoqilg‘isini aholi va budjet tashkilotlariga o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli yetkazib berish choralari ko‘rildi. (https://t.me/uzbprokuratura/48917)
Shuningdek, vagonlarga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash, ko‘mir ortilgan vagonlar harakatini jadallashtirish uchun qo‘shimcha lokomotiv (elektrovoz)lar jalb etish hamda xavfsizlikni ta’minlash va talon-toroj holatlariga chek qo‘yishga alohida e’tibor qaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

Ijtimoiy masalalar muhokama etildi
14-may kuni “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida Ijtimoiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Jamiyat bosh direktori o‘rinbosari, Ij...
O'qish
Yurtimiz hamisha tinch, xalqimiz yanada farovon bo‘lsin!
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari hamda ko‘mir sanoati mehnat faxriylariga “O‘zbekko‘mir” AJ Bosh direktori Dusmatov Nodirbek Uktamjanovichning bayram tabrigi Hurma...
O'qish
“Motamsaro ona” yodgorligi poyiga gulchambar qo‘yildi
9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Angren shahridagi Istiqlol maydonidagi “Motamsaro ona” yodgorligi poyiga gulchambar qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. Maz...
O'qish
Xotira va qadr kechasi o‘tkazildi
Joriy yilning 7-may kuni "O‘zbekko‘mir" AJda 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ma’naviyat soati o‘tkazildi Angren shahridagi “Zamin-2”...
O'qish