“Aksilkorrupsiya oyligi” doirasida targʻibot-tashviqot ishlari kuchaytiriladi
Nashr qilingan sana: 23.11.2023 09:35:44“Aksilkorrupsiya oyligi” doirasida targʻibot-tashviqot ishlari kuchaytiriladi
“Oʻzbekkoʻmir” AJ tizimida “Aksilkorrupsiya oyligini oʻtkazish toʻgʻrisida” jamiyat bosh direktorining 457-sonli buyrugʻi qabul qilindi.
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining 2023 yil 23 avgustdagi 10-son yigʻilishi bayoni bilan tasdiqlangan ustuvor vazifalar ijrosini oʻz vaqtida taʼminlash, shuningdek, 9 dekabr –“Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan eʼlon qilingan “Aksilkorrupsiya” oyligi doirasida “Oʻzbekkoʻmir”AJ va uning tizim osti korxonalarida 15-noyabrdan 15-dekabrga qadar “Aksilkorrupsiya” targʻibot va tashviqot tadbirlarini oʻtkazish maqsadida qabul qilingan ushbu hujjatga asosan:
– barcha filiallar va boʻlinmalar rahbarlariga oʻzlari boshchilik qilayotgan tizimda “Aksilkorrupsiya” oyligi doirasida korrupsiyaga qarshi targʻibot va tashviqot ishlarini olib borish, tadbirlar aks ettirilgan video va foto materiallarni jamiyat korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimiga belgilangan tartibda taqdim etish;
– Komplayens-nazorati inspektori (Amanov)ga jamiyat tizimi va “Koʻmir taʼminot” MCHJ va uning hududiy boʻlinmalarida “Aksilkorrupsiya” oyligi doirasida korrupsiyaga qarshi targʻibot-tashviqot ishlarini olib borish choralari koʻrish;
– ATT filiali (Smagulov) Aksilkorrupsiya oyligi doirasida amalga oshiriladigan xizmat safarlari uchun avtotransport bilan taʼminlash;
– Matbuot kotibi (Dushayev)ga “Aksilkorrupsiya” oyligi doirasida amalga oshirilgan ishlarni OAV orqali keng targʻib qilish vazifasi yuklatilgan.
Oxirgi yangiliklar:
Onlayn muloqot oʻtkaziladi
📣Diqqat, e'lon! Joriy yilning 26-avgust kuni, soat 12:00 "O‘zbekko‘mir" AJda sohada amalga oshirilayotgan ishlar hamda fuqarolarning murojaatlarini tingl...
O'qish
Korrupsiyaga qarshi yangi qoidalar: endi nimalarga e’tibor berish kerak?
Xabaringiz bor, korrupsiyaga qarshi kurashishda talablar yanada kuchaytirildi. 2026-yil 22-iyunda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga korrupsiyaga qars...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” xodimlari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xo...
O'qish
Konchilar spartakiadasi: kuch, mahorat va hamjihatlik
“O‘zbekko‘mir” AJda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bos...
O'qish