Bayram tadbirlari kochilarga ko‘tarinkilik bag‘ishladi
Nashr qilingan sana: 04.09.2023 03:01:42“O‘zbekko‘mir” AJda eng ulug‘, eng aziz bayram ‒ Vatanimiz Mustaqilligining 32 yilligi keng nishonlandi
O‘zbekiston Prezidentining Farmoniga ko‘ra “Angren” ko‘mir koni konveyer mashinisti Hasan Kudayberdiyevning yuksak mukofot ‒ “Shuhrat” medali bilan taqdirlangani Angren konchilari bayram kayfiyatiga kayfiyat qo‘shib yubordi.
.
Ilg‘or konchi A.Kudaybediyev 30 avust kuni yuksak mukofotni Nurafshon shahrida viloyat hokimi qo‘lidan tantanali ravishda qabul qilib oldi. 31 avgust kuni “Angren ko‘mir koni” filialida sharaflash marosimi o‘tkazildi. Marosimda jamiyat bosh direktori V.V.Kuznesov, filial ijrochi direktori A.M.Korchagin, Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi A.M.Qayumov ishtirok etdi va medalistimizni samimiy tabrikladi.
Vatanimiz mustaqilligining 32 yillik bayrami munosabati bilan Kon-geologiya vazirligi tomonidan tizimdagi korxonalar ilg‘or xodimlardan bir guruhi faxriy yorliq bilan taqdirlangan edi. Quvonchlisi, taqdirlanganlar orasida “O‘zbekko‘mir”AJ "Avtomobl-texnologik transporti" filialining “BelAZ” samosvali ilg‘or haydovchisi Ulug‘bek Abdusoliyevich O‘rolov ham bor.
31 avgust kuni filialda shu munosabat bilan tantanali tadbir tashkil etildi va konchi-avtotransportchimizga vazirlikning faxriy yorlig‘i tantanali ravishda topshirildi.
– Korxonamizda uch nafar aka-uka O‘ralovlar – barchasi “BelAZ” samosvalining mohir haydovchilaridir, – deydi ATT filiali kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Rahmonjon Axmataliyev, – har uchalasi ham vijdonan mehnat qilmoqda. Avtomobil korxonasining yosh haydovchilari orasida mas’uliyati, e’tiborliligi va mehnatsevarligi bilan ajralib turadigan Ulug‘bek o‘z mehnati bilan rahbariyat e’tiboriga munosib, deb o‘ylayman.
Haydovchilar va mashinistlar korxonaga kela boshlagan yangi tog‘-kon texnikasini o‘zlashtirishga hozirlik ko‘rmoqda: bular ikkita “KamAZ” smenali yuk mashinasi, import qilingan ikkita yuk ko‘targich. Kuzda yana 44 ta texnik blok kelishi kutilmoqda.
“Apartak” filiali mehnat jamoasida bayram dasturxoni yozildi. Tadbirda filial direktori Yerjan Abdikashev hamkasblarini ulug‘ bayram bilan tabrikladi. Poytaxtdan taklif etilgan taniqli xonanda Gulmira Jo‘rayeva ijrosidagi kuy va qo‘shiqlar raqslarga ulandi. Dasturxonga bayram palovi tortildi.
– Bayram munosabati bilan dam olib, mazmunli hordiq chiqarish hamisha yoqimli, – deydi “Apartak” filiali direktori Yerjan Abdikashev, – Sidqidil mehnatdan so‘ng bir dasturxon atrofida to‘planish, muloqot qilish, taassurot almashishning har doim ham imkoniyati yo‘q. Mustaqillik bayrami bizga ana shunday imkoniyatni berdi. Men fursatdan foydalanib, halol va sidqidildan ishlab ko‘mir qazib olishdek mashaqqatli ishda jonbozlik ko‘rsatayotgan hamkasblarimga minnatdorlik bildiraman.
Diana ANDREYEVA
Oxirgi yangiliklar:
Onlayn muloqot oʻtkaziladi
📣Diqqat, e'lon! Joriy yilning 26-avgust kuni, soat 12:00 "O‘zbekko‘mir" AJda sohada amalga oshirilayotgan ishlar hamda fuqarolarning murojaatlarini tingl...
O'qish
Korrupsiyaga qarshi yangi qoidalar: endi nimalarga e’tibor berish kerak?
Xabaringiz bor, korrupsiyaga qarshi kurashishda talablar yanada kuchaytirildi. 2026-yil 22-iyunda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga korrupsiyaga qars...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” xodimlari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xo...
O'qish
Konchilar spartakiadasi: kuch, mahorat va hamjihatlik
“O‘zbekko‘mir” AJda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bos...
O'qish