Ehtiyot bo‘ling, internetda firibgarlik!
Nashr qilingan sana: 16.02.2024 07:51:41“O‘zbekko‘mir” AJda “Ehtiyot bo‘ling" internetda firibgarlik” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Unda jamiyatning Toshkentdagi vakolatxonasi xodimlari va "Ko‘mir ta’minot" MCHJ boshqaruv apparati xodimlari ishtirok etdilar.
Bugun hayotimizga raqamli munosabatlar faol kirib keldi. Bu – yaxshi, korrupsiya va yashirin iqtisodiyotga qarshi samarali chora. Lekin raqamli munosabatlarga qo‘shilib raqamli firibgarlik ham kirib kelganini unutmaslik kerak. Afsuski, ko‘pchilik ma’lumot va bilim kamligidan internet hamda telefon firibgarlarining tuzog‘iga tushib, pullaridan ayrilib qolmoqda.
Bugun millionlab yurtdoshlarimiz onlayn to‘lov tizimlaridan faol foydalanishmoqda. Hozir bank plastik kartalaridan foydalanmagan, biron oilani topish qiyin. Shuningdek to‘lovlarni “Click”, “Payme” ilovalari orqali onlayn to‘lash ham ommalashgan. Onlayn pul o‘tkazmalarini amalga oshiradigan elektron ilovalar insonlarning og‘irini yengil qilish bilan bir qatorda vaqtini tejashga ham xizmat qiladi. Ammo uning imkoniyatlaridan g‘arazli maqsadlarda foydalanuvchilar ham ko‘payib, kiberjinoyatchilik avj olmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilariga firibgarlar tomonidan “pulingizni ko‘paytirib beramiz”, “mo‘may daromad topishni xohlaysizmi?”, “sizga xorijda yashovchi uzoq qarindoshingizdan katta meros qolgan, buning uchun bojxona to‘lovini amalga oshiring” qabilidagi xabarlar yuboriladi, yoki soxta bank xodimi qo‘ng‘iroq qilib, bank kartalaringiz ma’lumotlarini so‘raydi. Shuningdek soxta ilovalarga ham aldanib qolmaslik kerak.
Toshkent shahar IIBB Axborot texnologiya jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi Shayxontoxur tumani bo‘limi boshlig‘i, mayor Rustam Soliyev, bo‘lim xodimlari, podpolkovnik Sherzod Kadirov, katta leytenant Sohibjon Turdiyevlar ishtirokida o‘tkazilgan davra suhbatida ana shular alohida ta’kidlab o‘tildi. Raqamli iqtisodiyotga o‘tilayotgan hozirgi sharoitda ma’lumotlarni saqlash, yetkazish va qayta ishlashda xavfsizlik va barqarorlik muhim omil hisoblanishi qayd etildi. Bu borada, ayniqsa, davlat organlari xodimlaridan mas’uliyat va e’tibor talab etilishi uqdirib o‘tildi.
Davra suhbati ishtirokchilari mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.
Oxirgi yangiliklar:
Onlayn muloqot oʻtkaziladi
📣Diqqat, e'lon! Joriy yilning 26-avgust kuni, soat 12:00 "O‘zbekko‘mir" AJda sohada amalga oshirilayotgan ishlar hamda fuqarolarning murojaatlarini tingl...
O'qish
Korrupsiyaga qarshi yangi qoidalar: endi nimalarga e’tibor berish kerak?
Xabaringiz bor, korrupsiyaga qarshi kurashishda talablar yanada kuchaytirildi. 2026-yil 22-iyunda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga korrupsiyaga qars...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” xodimlari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xo...
O'qish
Konchilar spartakiadasi: kuch, mahorat va hamjihatlik
“O‘zbekko‘mir” AJda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bos...
O'qish