“Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi”
Nashr qilingan sana: 10.04.2026 17:39:26.jpg)
2026-yil 1-mayga qadar mamlakatimizda “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi” doirasida keng ko‘lamli targ‘ibot va tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Mazkur oylik doirasida “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatining “Kapital qurilish-montaj ishlari va ijtimoiy soha” filialida ham navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy hamda amaliy tadbir tashkil etildi. Filialning faollar zalida o‘tkazilgan ushbu uchrashuvda ishchi-xodimlarga favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ularning salbiy oqibatlarini kamaytirish hamda sodir bo‘lgan holatlarda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.
Tadbirda jamiyatning fuqaro muhofazasi va favqulodda vaziyatlar bo‘limi mutaxassislari, shuningdek, Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi hamda OFV bo‘linmasi xodimlari ishtirok etib, mavjud xavf-xatarlar, ishlab chiqarish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda holatlar va ularning oldini olish choralariga alohida to‘xtalib o‘tishdi.
Uchrashuv davomida ishchi-xodimlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil va asosli javoblar berildi. Tadbir yakunida ishtirokchilarga favqulodda vaziyatlarda tezkor va to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha zarur tavsiyalar taqdim etildi.
Bunday tadbirlar ishchi-xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularning favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik darajasini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Oxirgi yangiliklar:
Xalqaro forum: sanoat taraqqiyoti uchun yangi imkoniyatlar
2026-yil 16-iyun kuni Toshkent shahrida o‘z ishini boshlagan V Toshkent xalqaro investitsiya forumi mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotida muhim voqea bo‘ldi. Duny...
O'qish
“Ovozli chat”da qanday masalalar muhokama qilinmoqda?
Fuqarolar va xodimlarning murojaatlarini tinglash, ularni qiynayotgan masalalarga tezkor munosabat bildirish hamda joylardagi muammolarni aniqlash maqsadida “O‘z...
O'qish
Muhim minerallar sanoatini rivojlantirish vazifalari belgilandi
2026-yil 15-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev muhim minerallar xomashyo bazasini kengaytirish va yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ish...
O'qish
Aksiyadorlar diqqatiga: aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida XABARNOMA “O‘zbekko‘mir” AJ Kuzatuv kengashining 2026-...
O'qish