Fuqarolar murojaatlari onlayn qabul qilinmoqda
Nashr qilingan sana: 29.02.2024 13:50:10“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati korxonalari uchun kadrlar tayyorlash Toshkent Davlat texnika universiteti, O‘zbekiston milliy universiteti, Toshkent Davlat transport universiteti, Jizzax politexnika instituti, Namangan muhandislik-qurilish instituti, Farg‘ona politexnika instituti, Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti tomonidan amalga oshirib kelinadi.
2024-yilda Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali, Farg‘ona politexnika instituti, Angren shahar 1- va 2-sonli kasb-hunar maktablari bilan talabalarning amaliyot o‘tashlari bo‘yicha shartnomalar imzolangan.
Hisobot yilida jamiyatda 857 nafar xodimning malakasi oshirildi.
Ishchi-xodimlarni lavozimdan lavozimga (boshqa ishga) o‘tkazish va rotatsiya qilish, “O‘zbekko‘mir” AJning 2023 yil 31-avgustdagi 349-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Nizomga asosan, yo‘lga qo‘yilgan.
Ishga qabul qilish va boshqa lavozimga o‘tkazish bo‘yicha doimiy komissiya tomonidan shaffoflik, xolislik va oshkoralik asosida amalga oshirish maqsadida fuqarolar murojaatlari “O‘zbekko‘mir” AJning internetdagi rasmiy veb-sayti (www.uzbekcoal.uz) orqali onlayn qabul qilish yo‘lga qo‘yildi.
Jamiyat va uning tarkibiy bo‘linmalariga yil davomida 330 ta bo‘sh o‘rinlarga 62 ta tanlov o‘tkazildi. Jumladan, 4-chorak davomida 115 ta bo‘sh ish o‘rinlariga 20 ta tanlov tashkil etilib, ushbu tanlovlar bo‘yicha 2563 nafar nomzod hujjat topshirdi, ushbu nomzodlarning 1732 nafari malaka talablariga mos kelmaganligi sababli, 716 nafari esa test sinovlaridan o‘ta olmaganligi hamda imtihonlarga kelmaganligi tufayli rad etildi.
Oxirgi yangiliklar:
Onlayn muloqot oʻtkaziladi
📣Diqqat, e'lon! Joriy yilning 26-avgust kuni, soat 12:00 "O‘zbekko‘mir" AJda sohada amalga oshirilayotgan ishlar hamda fuqarolarning murojaatlarini tingl...
O'qish
Korrupsiyaga qarshi yangi qoidalar: endi nimalarga e’tibor berish kerak?
Xabaringiz bor, korrupsiyaga qarshi kurashishda talablar yanada kuchaytirildi. 2026-yil 22-iyunda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga korrupsiyaga qars...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” xodimlari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xo...
O'qish
Konchilar spartakiadasi: kuch, mahorat va hamjihatlik
“O‘zbekko‘mir” AJda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bos...
O'qish