Hamkor korxona vakillari bilan uchrashuv
Nashr qilingan sana: 19.12.2024 07:59:20

19-dekabr kuni “Carbon-polymer” MChJ vakillari “O‘zbekko‘mir” AJda bo‘ldilar
Shu munosabat jamiyat ijro apparati bo‘lim va boshqarmalari hamda tarkibiy tuzilmalari rahbarlari hamda boshqarma boshliqlari ishtirokida hamkorlik uchrashuvi o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida “Carbon-polymer” vakillari o‘z mahsulotlaridan namunalar taqdim etishdi. Ular orasida tekstolit, kaprolon, kompozit material, kompozit polimer roliklari, ustama materiallar va ftoroplastlar o‘rin olgan bo‘lib, ularning sifati kafolatlanishini ta’kidlandi.
Tadbirda ishtirokchilar taklif etilgan mahsulotlar bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar oldilar.
Ma’lumot uchun, “Carbon-polymer” MChJ korxonasi 2005-yilda tashkil etilgan bo‘lib, O‘zbekiston bozorida grafit va polimer mahsulotlari ishlab chiqarish va o‘rnatish faoliyatini olib boradi.

Oxirgi yangiliklar:
Murojaatlar bilan ishlash: ochiqlik va samaradorlik ustuvor
Mamlakatimizda aholi bilan ochiq va samarali muloqotni ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanib bormoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi...
O'qish
Yashil makon: biz ekkan teraklar ko‘kka cho‘zar bo‘y
Xabaringiz bor, mamlakatimizda haftaning har payshanba kuni rahbar va yoshlar kuni sifatida belgilangan. Joriy yilning 3-aprel kuni “Oʻzbekkoʻmir” AJda ana shu an’ana “Ya...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ: xarid tizimi to‘liq yangilanadi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida xarid jarayonlarini yanada ochiq, tushunarli va samarali qilish maqsadida xalqaro konsalting kompaniyasi – KPMG tomonidan keng qamr...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ: 2026-yil yanvar–mart yakunlari va transformatsiya jarayonlari
#Infografika “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida 2026-yil yanvar–mart oylari yakunlari hamda jamiyatda amalga oshirilayotgan transformatsiya jarayonlari h...
O'qish