Ijtimoiy ko‘mirni boshqasi bilan adashtirmang!
Nashr qilingan sana: 30.10.2023 08:45:38Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tuman ko‘mir omborida aholiga mo‘ljallangan ko‘mir saralanib, uning maydalari aholiga sotilayotgani haqida ijtimoiy tarmoqda audio va foto xabarlar xabar tarqaldi.
"Ko‘mir ta’minot" MCHJ Andijon viloyati filiali mutasaddilari tomonimdan holat o‘rganilganida, ushbu tanqidiy xabarlar tasdig‘ini topmadi.
Aniqlanishicha, murojaatchi fuqaro tomonidan ijtimoiy tarmoqda joylashtirilgan fotosuratlarda aks ettirilgan lavhalar "Ko‘mir ta’minot" MCHJ Andijon filialiga qarashli Qo‘rg‘ontepa ko‘mir omboriga emas, aksincha, ushbu ko‘mir omboriga qo‘shni bo‘lgan tadbirkorga tegishli ko‘mir omboriga tegishlidir.
Ma’lumot uchun, aholiga mo‘ljallangan arzonlashtirilgan ijtimoiy ko‘mir markasi 2BZK bo‘lib, fraksiyasi 25-500 mm.ni tashkil etadi. Ushbu ko‘mir yirik-mayda aralash bo‘lib, saralanib sotishga yo‘l qo‘yilmaydi. Tadbirkorlarga qarashli omborlarda ko‘mir turli fraksiyalarga ajratilishi va erkin narxda sotilishi mumkin.
"O‘zbekko‘mir" AJ Axborot xizmati
Oxirgi yangiliklar:
Onlayn muloqot oʻtkaziladi
📣Diqqat, e'lon! Joriy yilning 26-avgust kuni, soat 12:00 "O‘zbekko‘mir" AJda sohada amalga oshirilayotgan ishlar hamda fuqarolarning murojaatlarini tingl...
O'qish
Korrupsiyaga qarshi yangi qoidalar: endi nimalarga e’tibor berish kerak?
Xabaringiz bor, korrupsiyaga qarshi kurashishda talablar yanada kuchaytirildi. 2026-yil 22-iyunda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga korrupsiyaga qars...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” xodimlari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xo...
O'qish
Konchilar spartakiadasi: kuch, mahorat va hamjihatlik
“O‘zbekko‘mir” AJda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bos...
O'qish