Ijtimoiy soha ob’yektlariga 10 noyabrga qadarqo‘shimcha 60 ming tonna ko‘mir yetkazib berish topshirildi
Nashr qilingan sana: 31.10.2023 09:32:22Bugun, 31 oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida gidroenergetika sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar va energetika tizimini kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo‘yicha vazifalar ijrosi yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Bu yilgi kuz-qish mavsumiga aholi va ijtimoiy soha muassasalari ehtiyoji uchun yetarli hajmda ko‘mir yetkazib berish muhimligi ta’kidlanib, 10 noyabrga qadar ijtimoiy soha ob’yektlariga qo‘shimcha 60 ming tonna ko‘mir yetkazib berish топширилди.
(https://t.me/Press_Secretary_Uz/3468)Ayrim hududlarda aholiga ko‘mir tarqatish tizimi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmagani, oqibatda yetkazib berilgan ko‘mirni yuqori narxlarda noqonuniy sotib yuborish va talon-toroj qilish holatlariga yo‘l qo‘yilayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Bosh prokuraturaga tarqatilayotgan ko‘mirning aholiga yetib borishini nazorat qilish bo‘yicha tizim yaratish topshirildi.
Yig‘ilishda tarmoq va hududlar rahbarlarining axboroti tinglandi.
Oxirgi yangiliklar:
Seminar: korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash choralari kuchaytirilmoqda
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati filiallarida korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish, qonunchilikdagi o‘zgartishlarni xodimlarga tushuntirish va...
O'qish
Murakkab hududlarda bozor mexanizmi: aholi ko‘mirsiz qolmasligi uchun qanday choralar ko‘zda tutilgan?
Ko‘mir sanoatiga bozor mexanizmlarining joriy etilishi va aholini ko‘mir bilan ta’minlashga tadbirkorlik sub’yektlarining jalb qilinishi respublikamizning olis va borish...
O'qish
MAHALLIY KO‘MIR MAHSULOTLARINING YANGI ULGURJI NARXLARI
“O‘zbekko‘mir” AJ ko‘mir konida qazib olinadigan ko‘mir mahsulotlarining ulgurji narxlari (QQS bilan) qayta ko‘rib chiqilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublika tova...
O'qish
Brifing: ko‘mir ta’minotida yangi tizim: aholi uchun tanlov va raqobat imkoniyati kengaymoqda
Respublikamizda 2026/2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari, jumladan, tabiiy gaz yetib bormagan hudud...
O'qish