Ijtimoiy so‘rovnoma natijalari nimalarni ko‘rsatmoqda?
Nashr qilingan sana: 22.02.2024 10:16:45
So‘ngi kunlarda ob-havoning keskin sovib ketishi aholi iste’molchilarida energiya resurslariga, xususan tabiiy gaz yetib bormagan hududlarda ko‘mir yoqilg‘isiga talabni oshirib yuborgani sir emas. Bunday sharoitda “O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan aholi iste’molchilariga ko‘mir yuklash hajmlari oshirildi, “Ko‘mir ta’minot” MChJning respublika hududiy ko‘mir omborlarida zaxiralar yaratildi.
Xo‘sh, ushbu zaxiralardan aholi iste’molchilari qanday foydalanmoqda. Umuman, sovuq kunlarda yurtdoshlarimiz qanday saqlanmoqda?
Ana shu savollarga javob topish maqsadida 18 fevral kuni ushbu telegram-kanalimizda ijtimoiy so‘rovlar e’lon qilgan edik. Quyida ularning natijalari bilan tanishtiramiz.
“Uyingizni nima bilan isitayapsiz?”
Ushbu so‘rovnomada bugungi kunning ayni daqiqalargacha 422 respondent ishtirok etdi.
Ularning 50 foizi uylarini tabiiy gaz bilan, 25 foizi ko‘mir va o‘tin, 8 foizi elektr pech, 9 foizi ko‘mir, o‘tin, elektr pech yordamida isitayotgani haqida ma’lum qilgan.
So‘rovnomaning eng so‘nggi bandi bo‘yicha hech kim ovoz bermasa kerak deb o‘ylagan edim. Ammo ishtirokchilarning 8 foiz (34 xonadon) sovuq kunlarda uyini isitmayotgani kishini o‘ylantirib qo‘yadi. Demak, ular tabiiy gazga ulanmagan, uylarida o‘tin va ko‘mir ham yo‘q. Mutasaddilar bu haqida o‘ylashlari kerak bo‘ladi.
“Sizda ko‘mir sotib olish yuzasidan qanday muammo bor?”
Ushbu so‘rovnomaga u e’lon qilinganidan buyon o‘tgan to‘rt kun davomida 418 kishi ovoz bergan.
Respondentlarning 25 foizi ko‘mir sotib olishda hech qanday muammo yo‘qligini, zaruratga qarab keragicha xarid qilishayotganini ma’lum qilgan. Bu ta’minotchilar uchun yaxshi signal.
So‘rovnomada ishtirok etganlarning 20 foizi ko‘mirni qaerdan sotib olishni bilmasligini, 6 foizi o‘zlariga yaqin omborda ko‘mir yo‘qligi, 5 foizi mahalla fuqarolar yig‘ini keltirib berishin kutib o‘tirganini, 15 foizi esa, ko‘mir bo‘lsa-da sotib olishga moliyaviy imkoniyati mavjud emasligini ma’lum qilgan.
29 foiz respondent ko‘mirning sifati qoniqtirmasligini bildirgan.
“O‘zbekko‘mir AJ Axborot xizmati
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
Kasb bayrami: konchilar sharaflandi
19-may –O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni! Shu munosabat bilan “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘td...
O'qishBirlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi A.M.Qayumovning bayram tabrigi
Hurmatli konchilar! Qadrli kasaba uyushmalari faollari! Bugun yurtimizda, shu jumladan aksiyadorlik jamiyatimizda bayram shukuhi kezib yuribdi. Yakshanba kuni...
O'qish“O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktori Vladimir Vladimirovich Kuznesovning bayram tabrigi
Aziz konchilar va mehnat faxriylari! Hurmatli hamkasblar! Sizni dunyodagi eng mashaqqatli va sharafli kasblardan biri ‒O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati...
O'qishYo‘lingiz hamisha bexatar bo‘lsin!
Ushbu filialda uchta avtobaza bo‘lib, 2-avtobazada yengil ma va maxsus avtotransport transpot vositalari jamlangan. Jamoada ko‘plab o‘z kasbini puxta egallagan...
O'qish